Jamiyat
👁 2,453
Faxriylar eʼzozda
Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Ikkinchi jahon urushi
qatnashchisi Rajab Qozoqov xonadoniga Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba
uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, Amudaryo tumani hokimligi,
tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi,
"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi vakillari kelib,
otaxonga Prezidentimiz nomidan pul mukofoti va sovgʻalar topshirdi.
Rajab ota 1942-yilning bahorida frontga ketdi. Urushda uch marta jarohatlandi. Urushdan qaytgach, uzoq yillar qishloq xoʻjaligi sohasida samarali mehnat qildi. Turmush oʻrtogʻi Qurbonoy momo bilan yetti oʻgʻil, ikki qizni tarbiyalab, voyaga yetkazdi.
Mamlakatimizda yoshi ulugʻ insonlarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish, turmush sharoitlarini yaxshilashga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Rajab ota 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq "Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
– Qirgʻinbarot urush qanchadan-qancha insonlarni hayotdan olib ketdi, oilalar boshiga behisob kulfatlar soldi, – deydi otaxon. – Bugungi tinch-osoyishta kunlarni asrab-avaylash, qadriga yetish kerak. Xalqimiz barcha sohalarda olamshumul yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda. Yoshlarimiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bularning barchasi mustaqilligimiz tufayli, Prezidentimizning tinchliksevar siyosati samarasidir.
Mehmonlar Amudaryo tumani Navoiy nomidagi mahallada istiqomat qilayotgan Sobir ota Nurullayev, "Boʻston” mahallasida yashovchi Qurbonboy ota Oʻrozboyevlar xonadonida ham boʻlishdi. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan, shuningdek, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining pul mukofotlari va homiy tashkilotlar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶