Vatan sevgisi
Vatan – bu biz yashaydigan, umrguzaronlik qiladigan joy. Vatanimizda urf-odatlar, bayramlarimiz koʻp. Bu bayramlarni yanada boyitib, avlodlarga yetkazish biz uchun ham qarz, ham farz. Dunyoda Vatanlar juda koʻp, lekin bizning Vatanimiz dunyoda yagona. Hamma oʻz Vatanini sevadi. Agar sevmaganda issiq joylardagi insonlar issiqdan, sovuq joylardagi insonlar sovuqdan qochib, boshqa mamlakatlarga bosh olib ketmasmidi? Agar insonda Vatan muhabbati kuchli boʻlsa, unda albatta, mardlik ham boʻladi. Masalan, Shiroq bobomiz Vatanini himoya qilish uchun oʻz jonidan kechishga ham tayyor boʻlgan. Shiroq qalbidagi Vatanga muhabbat tuygʻusi unga mardlik ato etgan. Biz ham ona Oʻzbekistonimizni butun borligʻimiz bilan sevamiz va unga mardona xizmat qilamiz.
Mardlar qoʻriqlar,
Ona Vatanni.
Kuchlilar yengar,
Yovuz dushmanni.
Vatan – shonimiz,
Nomus-orimiz.
Vatanni sevsak,
Kular baxtimiz.
Shon-sharaf boʻlsin,
Oʻzbekistonga.
Gullab-yashnasin,
Mangu jahonda.
Sherzod YoLGʻAShEV, 60-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶