Seminar boʻlib oʻtdi
Shu yilning 6 aprel kuni tuman hokimligida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan saylovni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Seminarda komissiya aʼzolari, saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblari ishtirok qildilar.
Seminar kun tartibida "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlari oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida”gi, "Tumandagi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga shaharcha, mahallalar va ovullar fuqarolar vakillarining yigʻilishlariga vakillik normasi toʻgʻrisida”gi "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlari majlislarini hamda aholi punktlari va koʻchalaridagi aholining fuqarolar vakillarini saylash boʻyicha umumiy yigʻilishlari bayonnomalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi masalalar muhokama etildi.
Seminar kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan saylovni tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi R.Roʻzmetov, ikkinchi masala yuzasidan komissiya aʼzosi B.Boltaboyev, uchinchi masala yuzasidan komissiya aʼzosi A.Almuratovlar soʻzga chiqib, ishtirokchilarga keng turda tushunchalar berdilar.
Seminar yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶