SOHIBQIRON RUHI QÖLLAGAN VATAN
Qadimiy Movarounnahr diyori serhosil zamini, tabiiy boyliklari bilan dunyoga maşhur bölgan. Bu hududda Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Uluğbek, Bobur singari buyuk şaxslar yetişib çiqqan. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari sarkardalar yaşab, xalqini, yurtini dunyoga tanitganlar. Uluğ bobokalonimiz Amir Temur öz yurtini möğul bosqinidan himoya qilib qolmasdan, balki qisqa fursatda köplab xalqlarni möğul istibdodidan xalos etdi va ulkan, qudratli davlatni barpo qildi. Samarqandday gözal maskanni öziga poytaxt qilib, unda tengsiz, haşamatli, salobatli imoratlar bunyod etib, jumlai jahonni lol qoldirdi.
Biz bugun yaşayotgan mustaqil Özbekiston davlatidagi tarixiy şaharlar, gözal makonlarning köpçiligi Temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada uyğoniş davri böldi. Yer yuzining köpgina davlatlari bilan iqtisodiy, siyosiy aloqalar örnatildi. Buyuk ipak yöli qaytadan tiklanib, uning savdo karvonlari uçun doimo oçiq va bexatar bölişi taʼminlandi. Afsuski, biz köp yillar davomida ana şunday buyuk zotga, dunyoga maşhur davlat arbobiga haqqoniy baho beriş imkonidan mahrum bölib yaşadik. Şöro davrida buyuk bobokalonimizni qonxör jallod, zolim, deb nomini qoraladilar. Şöro tuzumi sohibqiron hayotiga oid haqiqatlarni xalqdan yaşirib keldi. Mustaqillikka erişgaç, buyuk bobomiz nomi qayta tiklandi. Uning mahobatli haykallari qad rostladi. Yangi muzeylar, istirohat boğlari yaratildi. Amir Temur qabri obod qilindi.
Mana bu yil uluğ bobomizning 680 yillik yubileyi munosabati bilan yurtimizda buyuk sarkarda nomiga bağişlab, teatrlarda sahna körinişlari, bellaşuvlar keng kölamda ötkazilmoqda. Bularning barçasi muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan amalga oşirilmoqda. Biz yoşlar bu uluğ bobomizga öxşab xalqimizga örnak böladigan, elimizga, yurtimizga nafi tegadigan öğil-qizlar bölişimiz kerak, deb öylayman. Har birimizning xulqimizda bobomizga öxşaş jihatlar bölişi kerak.
Amir Temurni anglaş – özligimizni anglaş demakdir. Amir Temurni uluğlaş – tarixan teran ildizlarimizga, madaniyatimizga, qadriyatimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga işonçimizni mustahkamlaş demakdir.
Jahongir NURIMOV, Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶