KOLLEJ BITIRUVChILARI UChUN YaNA BIR IMKONIYaT
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan "Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibitoʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
Mazkur Nizomda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat roʻyxatidan oʻtgan yoki yuridik shaxs ustav fondida 50 foiz yoki undan ortiq ulushga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunar kollejlarida oʻqishni yakunlagan kunidan boshlab, 3-yildan ortiq vaqt oʻtmagan bitiruvchilarning kreditlash subʼektlari hisoblanishi belgilangan.
Bundan tashqari, Nizomda mikrokreditlarning miqdori, qancha muddatga berilishi, kredit ajratilayotgan loyihaning oʻzini-oʻzi qoplash, mablagʻlarni shakllantirish imkoniyatlari, mikrokreditlar berishdagi imtiyozlar, shartnomaning amal qilish davri, mikrokreditdan foydalanganlik uchun belgilangan foiz stavkalari belgilab qoʻyilgan.
Yana shuni alohida qayd etish kerakki, imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan mikrokredit boʻyicha asosiy qarzni toʻlashni boshlash vaqti ham aniq koʻrsatib berilgan. Yuqoridagi Nizom talablariga muvofiq, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan kollej bitiruvchilarining barcha haq-huquqlari qonuniy jihatdan kafolatlangan va yoshlar oʻz tadbirkorlik faoliyatini dadillik bilan boshlashlari uchun imkoniyatlar keng va yetarli.
A.BAXTIYoROV, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
prokuraturasi boʻlim katta prokurori.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶