TAASSUROTLARGA BOY MAŞFULOT
Mart oyi mamlakatimizdagi barça örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va akademik litseylarda fizika fani oyligi hisoblanadi. Şu munosabat bilan fizika fanini çuqur öqitiş va mazkur fanga öquvçilarning qiziqişlarini oşiriş maqsadida turli tadbirlar ötkazilmoqda.
4-mart kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyida ham oylik doirasida litsey va Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika institutining "Fizikani öqitiş metodikasi” kafedrasi örtasida tuzilgan özaro hamkorlik şartnomasi iş rejasiga muvofiq, şu kafedra dotsenti Bahrom Yavidov muassasaning aniq fanlar yönalişi öquvçilari va öqituvçilari bilan uçraşdi hamda Italiyaning Triyest şahridagi nazariy fizikaning xalqaro markazida olib borilayotgan tadqiqot işlari mavzusida seminar ötkazdi.
Şuningdek, mazkur yönalişning 3-bosqiç iqtidorli öquvçilari uçun "Fizikadan masalalar yeçiş usullari” mavzusida dars ötdi.
Aytiş joizki, mazkur maskanda fizika faniga qiziquvçi, fan asoslarini çuqur örganişga intiluvçi öquvçilar köpçilikni taşkil etadi. Ular dars maşğulotlarini puxta özlaştiribgina qolmay, ustozlari kömagida fanga doir qöşimça qöllanmalarni ham özlaştirib, bilim doirasini kengaytirib borişga intiladilar.
NDPI "Fizikani öqitiş metodikasi” kafedrasi dotsenti, manğitlik ilm fidoyisi Bahrom Yavidovning ötkazgan darsi yoşlarning bu fanga qiziqişlarini yanada oşirdi. Fizikani dunyo miqyosida eng ommalaşgan xalqaro tillarning biri – ingliz tilida mukammal örganiş imkoniyatlari köpligi bois, bu fanni ham puxta örganişga çaqirdi. Bu öquvçilarga eng nufuzli xorij oliygohlariga öqişga kiriş imkonini ham berişi taʼkidlandi.
Dars maşğuloti söngida B.Yavidov öquvçilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi va dars mobaynidagi öquvçilarning faolligiga yuqori baho berdi.
Oliygoh dotsenti ötkazgan dars mazkur muassasani bitkaziş arafasidagi va oliygohlarga kiriş davlat test sinovlariga puxta hozirlik körayotgan öquvçilarni öz orzulari sari dadil intilişga çorladi.
Surayyo NORBOYeVA, litseyning fizika fani öqituvçisi.
(Foto - http://11-maktab.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶