YoNAYoTGAN XAZON – TAShVIShLARGA KON
Yurtimizda yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari samarali olib borilmoqda. Alloh inʼom etgan tabiat goʻzalligini avaylash, chiqindi va xazonlarni yoqmaslik, xonadonlarni oʻt balosidan asrash masalasi yurtimizda Navroʻz - umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish borasidagi rejamizdan keng oʻrin olgan.
Bu borada targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytirildi. Belgilangan tartib-qoidaga rioya qilmaganlarga esa qonun doirasida choralar koʻrilayapti.
Biroq, soha xodimlari qancha harakat qilgani bilan aholi masʼuliyatni his etmasa, yongʻin xavfsizligiga qarshi kurash ishlarida muammo yuzaga kelaveradi. Chunki, chiqindi va xazonni yoqish nafaqat tuman markazida, balki qishloqlarda ham uchrab turibdi. Bu - nabotot olamiga, aholi salomatligiga ziyon qilishi tabiiy. Shu bois, bu muammoga barham berish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilayapti. Bundan tashqari, aynan shu yumush bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ham tuzilgan. Shuni alohida aytish joizki, ekin qoldigʻi, chiqindi va xazon koʻmib qoʻyilgach, uch oy atrofida tayyor oʻgʻitga aylanadi. Yer holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirishda uning ahamiyati beqiyosligi bois, xazonni toʻplab qishloq xoʻjaligida oʻgʻit sifatida foydalanish mumkin.
Bahor kelishi bilan shahrimizning ayrim hududlarida xazon, shox-shabbalar va axlat uyumlarining yoqib yuborilishi tufayli katta muammolar kelib chiqmoqda. Bu esa atrofimizda zaharli is gazining tarqalishiga sabab boʻladi va bolalar salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Aholini oʻt balosidan asrash nafaqat yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari, balki har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Koʻp qavatli turar joylarda, xonadonlarda doimo ozodalik hukm sursa, koʻzimiz quvnaydi va yongʻin tufayli yuzaga keladigan talofatlarga chek qoʻyiladi.
H.MATYoQUBOV, tuman IIB YoXB boshligʻi, mayor.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶