17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:39
Jamiyat 👁 2,974

YoVUZ KUChLARDAN OGOH BOʻLAYLIK!

YoVUZ KUChLARDAN OGOH  BOʻLAYLIK!

Biz uchun eng buyuk neʼmatlardan biri – tinchlikdir. U oddiy soʻz boʻlib eshitilishi mumkin, biroq, uning qay darjada muqaddas tushuncha ekanligini ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, qanchadan-qancha qonli toʻqnashuvlarning guvohi boʻlgan nuroniylarimizning TINChLIK soʻzini koʻzlarida yosh bilan tilga olishidan anglab etish qiyin emas. Shu boisdan ham otaxon-u momolarimiz duoga qoʻl ochganda, avvalo "tinchlik, xotirjamlikni bersin” deya tilak bildiradilar. Albatta, kim ham xohlamaydi oʻz ishiga bemalol borib kelishni yoki bolalarini maktabga, bogʻchaga bexavotir joʻnatishni, tunda xudoga shukronalik keltirib, tinchgina uyquga ketishni va nihoyat osuda, charaqlagan quyosh nurida yangi kunni qarshi olib, issiq nonning xushboʻy hididan bahramand boʻlib, oila aʼzolari bagʻrida nonushta qilishni. Bir qarashda bu jumlalar balandparvoz tuyulishi mumkin. Biroq, siz bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida boʻlayotgan tinimsiz xunrezliklardan jabrdiyda odamlarning bunday baxtdan benasib qolayotganligi haqida bir oʻylab koʻring!

Oʻzlarini "IShID”, yaʼni Iroq va Shom islom davlati deb atayotgan terrorchilik tashkiloti boshqa mamlakatlar tan olmasligiga qaramasdan, muqaddas islom dini niqobi ostida hokimiyatni egallashni koʻzlagan yovuz niyat bilan er yuzining turli nuqtalarida portlashlar, toʻqnashuvlar, urushlarni tashkil etib, begunoh kishilarning qoni toʻkilishiga sababchi boʻlayotir.

Ular  2013-yilda Iroq hududida 10 mingdan ziyod terrorchilik harakatlarini sodir etgan, minglab kishilarning hayotiga zomin boʻlgan edi. Birlashgan millatlar tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda ham ular bunday qirgʻinbarotlarni tinimsiz olib bordi. Bularda halok boʻlgan insonlar kimningdir otasi, birovning onasi, suyukli yori, jondan aziz farzandi yoki bir qorindan talashib tushgan tugʻishgani ekanligini, millionlab goʻdaklarning etim, gulday juvonlarning beva qolganini koʻz oldimizga keltirar ekanmiz, oʻsha inson qiyofasida yurgan qonxoʻr maxluqlarga - tinchlik kushandalariga nisbatan qalbimizda cheksiz nafrat tuygʻusi uygʻonadi.

Albatta, bu kabi keng koʻlamdagi terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda ularga juda koʻp odam kerak boʻladi. Eng achinarlisi, bu yoʻlda ularning  minglab gʻoʻr yoshlardan foydalanayotganligidir. Ular dunyoning turli nuqtalarida yoshlarni oʻzlariga jalb qilib, aldov yoʻli bilan saflariga qoʻshmoqdalar.

Hech bir yovuz kimsa kimningdir uyiga kelib, "kel, bizga qoʻshil” demaydi. Ular oʻrtasidagi koʻprik -  oʻrgimchak toʻriga qiyoslanayotgan internet tarmogʻi hisoblanadi. Shu boisdan har bir ota-ona, taʼlim muassasalarida esa oʻqituvchilar yoshlarga internetdan foydalanish madaniyatini oʻrgatib, ularni nazorat qilib borishi, eng asosiysi, shunday yovuz kimsalar, ularning qilayotgan qabih ishlari haqida etarlicha tushunchalar berib, maʼnan yetuk inson boʻlib ulgʻayishlari uchun oʻzlarining amaliy yordamlarini ayamasliklari lozim. Bugun davr ogohlikni talab qiladi. Kimki beparvolikka yoʻl qoʻysa, oʻz kelajagiga rahna soladi.

MuhayyoRahimboeva,

QDU talabasi.

(Foto - http://muslim.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026