17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 02:48
Jamiyat 👁 3,370

HAMIShA NAVQIRON BAYRAM

HAMIShA  NAVQIRON  BAYRAM

Kelib chiqishi sharq xalqlarining olis oʻtmishiga borib taqaluvchi, qariyb toʻrt ming yildan ortiq vaqtdan beri zamonlar silsilasidan omon oʻtib, haqiqiy  milliy bayramimizga  aylangan Navroʻzi olam ayyomining  qadr-qimmati istiqlol yillarida ayniqsa yuksaldi. Oʻzligimizga, oʻz yurtimizga oʻzimiz egalik qilish imkonini bergan mustaqillik tufayli ajdodlarimiz aql-u zakosi ila yaratilgan jamiki maʼnaviy boyliklar, urf-odatlar, anʼanalar, qadriyatlar hayotimizga yana qaytdi, yil sayin yangi-yangi maʼno, mazmun bilan boyimoqda, turmushimizdan tobora teran joy olmoqda.

Muhtaram Yurtboshimizning Farmoniga binoan umumxalq bayrami – dam olish  kuni, deya eʼlon qilingan 21-mart – Navroʻz bayrami oʻlmas qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni oʻzida mujassam etgani bilan ham koʻnglimizga yaqin va qadrlidir.

Ha, bayram kunlarida xalqimizning haqiqiy oʻzbekona bagʻrikenglik, saxiylik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlari yanada yorqinroq namoyon boʻladi, koʻngillar koʻngillarga payvand boʻladi.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Navroʻz bayrami tantanalari necha kundirki tumanimizning ovul, mahallalarida, mehnat jamoalarida, oʻquv muassasalarida oʻziga xos tarzda shod-u xurramlikda nishonlanmoqda. Elimiz intiq kutgan bahorini, Navroʻzini ezgu niyatlar bilan qarshilab, tantana qilmoqda.



19-mart kuni Mangʻit shahridagi Markaziy oʻyingohda nishonlangan "Assalom, Navroʻz!” deya nomlangan teatrlashtirilgan bayram tomoshasiga tashrif buyurgan yurtdoshlarimiz koʻnglidagi yuksak koʻtarinki kayfiyat hatto beqaror, oʻzgaruvchan bahor havosiga ham oʻz taʼsirini oʻtkazganday, quyosh saxiylik bilan nur sochdi. Navroʻz bayramiga xos qulf urib ochilgan gullar, novdalar, yashillik, bahoriy bezaklar bilan oro berilgan oʻyingoh tashqarisida tumanimizdagi ovul, mahallalarda faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarida oʻtgan yilda yetishtirilgan meva, poliz mahsulotlari, sabzavotlarning, shuningdek pazanda ayollar tayyorlagan bahoriy taomlar, pishiriqlar koʻrgazmalari namoyish etildi. Tumanimiz rahbariyati va tantanaga tashrif buyurgan aziz mehmonlar koʻrgazmalarni, usta hunarmandlarimiz mehnati mahsuli namoyishini zavq bilan tomosha qilib, yuqori baho berdilar.



Tantana boshlanishiga bagʻishlangan joʻshqin musiqani barcha olqishlar bilan qarshi oldi.

Tantana tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarovning tuman hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Rajabboy Yoʻldoshevning tumanimiz xalqiga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirishi bilan boshlandi. Yigʻilganlar tabrikni koʻngillarida ulkan hayajon va quvonch bilan tingladilar, tumanimiz rahbariga mustahkam sogʻlik, tolmas kuch-quvvat tiladilar.



Navroʻz bayramiga bagʻishlab tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomonidan tayyorlangan "Assalom, Navroʻz!”, deb nomlangan ulkan teatrlashtirilgan tomosha boshlandi.



Sogʻ-omonlikda, tinchlik-xotirjamlikda, qoʻmsab, sogʻinib yetganimiz – koʻklamni, qadimiy va hamisha navqiron milliy Navroʻz ayyomini, ona Vatanni, tinchlik, osoyishtalikni tarannum etgan kuy, qoʻshiq, aytishuvlar, raqslar, ramziy Bahoroyning, Dehqonboboning tashrifi barchaga zavq bagʻishladi, koʻngillarda mehr-oqibat, doʻstlik, birodarlik bilan umrguzaronlik qilayotganimiz – shu muqaddas zaminimizga, yurtimizga mehr-muhabbat kabi eng ezgu tuygʻular joʻsh urdi.



Tantana sport musobaqalari, kurash, qoʻchqor urishtirish kabi milliy koʻngilochar oʻyinlar bilan uzoq davom etdi.



Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tantanada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev ishtirok etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026