14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 22:11
Jamiyat 👁 3,544

YaShIL MAYDONLARNI SAQLASh VA KOʻPAYTIRISh – DOLZARB VAZIFA

YaShIL MAYDONLARNI SAQLASh VA KOʻPAYTIRISh – DOLZARB VAZIFA

Atrof-muhitga ekologiyaning salbiy taʼsirini kamaytirishda oʻsimlik qoplami – chor-atrofimizning koʻkalamzorlashtirilishi, yaʼni "yashil” himoya qatlami muhim ahamiyatga ega.

Oʻsimliklar atmosferani chang va ifloslantiruvchi moddalardan tozalaydi, insonning maqbul yashash muhitini yaratadi va taʼminlaydi. Shaharlarda tabiiy hududlar – oʻrmon massivlari, suv havzalarini saqlash, oʻsimliklar bilan qoplangan maydonlarni koʻpaytirish muhim vazifa sanaladi.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda shahar va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini yaratish, arxitekturasini yaxshilash boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bunda ushbu hududlarni koʻkalamzorlashtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, yangi tahrirdagi "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish lozimligini davr taqozo etmoqda. Amaldagi qonun ayrim muammolarni yuzaga keltirayotgan bir qator kamchiliklarga ega. Masalan, undagi "oʻsimlik dunyosi obʼektlari” tushunchasining talqini oʻsimliklarning xilma-xil turlarini asrash nuqtai nazaridan ularning biologik xususiyatlarini toʻliq qamrab olmagan. Botanika, dendrologiya bogʻlari va boshqa oʻsimlik dunyosi obʼektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi normalar mustahkamlanmagan. Yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi va amalga oshirilishi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tizimini takomillashtirishga, tabiiy oʻsimliklar va ularning oʻsish muhitini, yovvoyi holda oʻsuvchi va manzarali daraxtlar majmualarini saqlashga, oʻrmon fondi yerlaridan tashqaridagi oʻsimlik dunyosi obʼektlaridan oqilona va barqaror foydalanishni taʼminlashga, milliy qonunchilikka xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek shartnoma va konventsiyalarning oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida xalqaro amaliyotda keng qoʻllanilayotgan normalarini implementatsiya qilinishiga, huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga, huquq-tartibotni taʼminlashga hamda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish, undan foydalanish va takror yetishtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimiz hududlarida tabiiy-iqlim sharoitlarning turli tumanligi va oʻzgaruvchanligi arxitektura obʼektlarini loyihalash va amalga oshirishda shahar muhitining mikroklimatik rejimini tahlil qilishni taqozo etadi. Arxitektorlarning vazifasi hududning mahalliy iqlim sharoitlariga passiv holda moslashish emas, balki atrof muhitning tabiiy sharoitlaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etuvchi samarali tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Shahar va qishloqlardagi yashil maydonlarning saqlanishi va koʻpaytirilishi shovqin va issiqlik taʼsiri darajasini pasaytirishni, mikroiqlimni yaxshilashni taʼminlaydi, insonlarning faol dam olishi uchun imkoniyatlarni yaratishga ham xizmat qiladi.

Mamlakatimizda tabiiy oʻsimlik dunyosini saqlash uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ushbu jarayonlarga fuqarolik jamiyatini keng jalb qilgan holda izchil roʻyobga chiqarish har bir fuqaroning maqbul atrof-muhitga boʻlgan huquqi printsipini mustahkamlashga hamda tabiiy resurslardan kelgusi avlodlarga ziyon yetkazmagan holda oqilona foydalanishga qaratilgandir.

Jumanazar ATOJONOV,

Zafar XANIYaZOV,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari.

(Foto - http://sensorika.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019