17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:08
Qishloq xoʻjaligi 👁 4,471

YaNGI TEXNIKALAR – DEHQONGA QOʻL-QANOT

YaNGI  TEXNIKALAR – DEHQONGA QOʻL-QANOT

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xoʻjaligi sohasida ham islohotlar jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda. Natijada Oʻzbekistonda gʻalla, poliz va sabzavot kabi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek paxta yetishtirish koʻlami ham sezilarli darajada oshdi.

Agrar sohada erishayotgan yutuqlarimizda avvalambor mamlakatimizda fermerlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor berilayotgani muhim omil boʻlmoqda.Tobora rivojlanib borayotgan fermerlik harakatini albatta biz yuksak unum bilan ishlaydigan texnikalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shu boisdan ham mamlakatimizda fermer xoʻjaliklarining zamonaviy texnikalar bilan taʼminlanishiga alohida eʼtibor berilmoqda.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-maydagi "Qishloq xoʻjaligi uchun gusenitsali traktorlarni sotib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 121-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanimizda ham koʻpgina ishlar amalga oshirildi.

2002-yildan keyingi davr mobaynida tumanimizga bir qancha yuqori unum bilan ishlaydigan qishloq xoʻjaligi texnikalari – 13 ta Orion-630, 8 ta MX-140, 8 ta MX-135 va 6 dona TS60/70, zanjirli surim traktorlaridan 71 ta VT-150D, 32 ta YTO, 450 ta TTZ-80-11 rusumli chopiq va 42 dona yuk tashish traktorlari keltirilib, fermer xoʻjaliklariga lizing asosida berildi.

Shuningdek, oʻtgan yil davomida tumanimizga 20 ta TTZ-100 NS, 3 ta T60-70 Orion traktorlari va 3 ta Dominator kombayni keltirildi.

Tumanimizga yuqori unum bilan ishlaydigan bunday texnika va mexanizmlarning keltirilishida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Davr mashlizing” qoʻshma korxonasining yordami katta boʻldi.

Biz tuman davlat texnika nazorati inspektsiyasi inspektori Davronbek Bobojonov bilan chet davlatlardan keltirilayotgan texnikalar boʻyicha suhbatlashganimizda u quyidagilarni gapirdi:

- Tumanimiz fermer xoʻjaliklariga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan YTO rusumli surim traktorining olib kelinishi ham yoʻlga qoʻyildi. Bu traktorda buldozer qurilmasining mavjudligi, uning yerlarni haydash bilan birgalikda chellarni tekislash, dala chetlarini toʻgʻrilash kabi ishlarni amalga oshirishda ham qulayligi eʼtiborga loyiq.

Ekish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va ekish davrida ishtirok etadigan texnikalar parkini takomillashtirishda, qishloq xoʻjaligi sohasini jahon talablariga  javob beradigan zamonaviy zanjirli haydov traktorlari bilan taʼminlashda, fermer xoʻjaliklari texnikalariga koʻrsatiladigan  servis xizmatlarining turlari va sifatini yaxshilashda  masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Davr mashlizing” qoʻshma korxonasi rahbarlari katta yordam berishayapti.

Xorijiy davlatlardan olib kelingan traktorlar haydovchilarining malakasini oshirish maqsadida "Agrotexservis MTP” MChJda har yili oʻqishlar tashkil etilib kelinmoqda. Bu oʻquv mashgʻulotlarida chet el traktorlari mavjud boʻlgan fermer xoʻjaliklari rahbarlari va traktor operatorlariga chet elda ishlab chiqarilgan texnikalarga servis xizmati koʻrsatish va taʼmirlash, texnika vositalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, traktorlarni qishloq xoʻjaligi ishlarini bajarishga tayyorlash, traktorga qishloq  xoʻjalik agregatlarini oʻrnatish  qoidalari va texnik  talablari, boshqaruv tizimlari va ularni ishlatish, oʻlchov-nazorat asboblari bilan tanishish, ulardagi maʼlumotlarni tahlil qilish boʻyicha tushunchalar beriladi.

"Davr mashlizing” qoʻshma korxonasi mutaxassislari tumanimizga tez-tez kelishib, chet el traktorlarining ishlashini koʻzdan kechiradilar, ayrim masalalar yuzasidan tushunchalar beradilar. Shu bilan birgalikda ushbu korxona rahbarlari bizga zarur boʻlgan traktorlar ehtiyot qismlarini olishimizga ham katta yordam berishayapti.

Darhaqiqat, mutaxassis aytganidek, tumanimiz qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, mavjud texnika va mexanizmlardan foydalanish samaradorligini oshirish yoʻlidagi bunday harakatlar tumanimizda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni yanada oshirishga omil boʻlishi shubhasiz.

Texnika – dehqonning qoʻl-qanoti. Shu boisdan ham tumanimiz qishloq mehnatkashlari zamonaviy texnikalardan unumli foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni yanada koʻpaytirish yoʻlida astoydil harakat qilmoqdalar.

Allambergan JUMANIYoZOV,

                                "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbiri.


Suratda: "Choʻtboy bobo” fermer xoʻjaligi raisi Olimboy Safarboyev ham YTO rusumli traktordan ish jarayonida samarali foydalanmoqda. 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026