XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI KENG NIŞONLANDI
Inson zoti borki, mukarrama Ayol poyiga Onajon, deb, rafiqam, deb, jonim-jigarim, deb tökilib yaşaydi. Uning birgina samimiy nigohi, birgina samimiy sözi bilan har dilga gul-u rayhon, bahor nafasi ufuradi!
4-mart kuni tuman hokimligining katta majlislar xonasida bölib ötgan tuman xotin-qizlarining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bağişlangan bayram tadbirida har dilga ana şunday gul-u rayhon nafasi, bahor nafasi ufurgan bölsa ne ajab!
Tumanimiz hayotining barça jabhalarida faoliyat yuritayotgan, öz işlari bilan el-yurt hurmatiga sazovor fidoyi va mehnatkaş ayol-qizlar, nuroniy onaxonlar iştirok etgan bayram tadbirini tuman hokimining örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedova oçdi va tumanimiz faol ayol-qizlarini gözallik va nafosat ayyomi - 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qizğin muborakbod etdi.
Şundan söng tuman hokimining birinçi örinbosari Bahodir Ernazarov tabrik nutqi sözladi. Jamiyatimiz va oilalarimiz körki, xonadonlarimiz fariştalari bölgan barça aziz opa-singillarimiz va muhtarama onaxonlarimizga bayram tabrigini yölladi hamda tumanimiz işlab çiqarişining turli sohalarida - madaniyat, taʼlim, soğlikni saqlaş tizimlarida öz mehnatlari bilan xalq hurmati va eʼtiboriga sazovor bölgan ayol-qizlardan bir guruhiga tuman hokimligining "Faxriy yorliq”lari hamda qimmatbaho sovğalarini topşirdi.
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi Yulduz Tursunboyeva hamda 40-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilarining şeʼriy tabrigidan söng tuman madaniyat va sport işlari bölimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan bayram kontsert dasturi namoyişi tadbir iştirokçilariga xuşnudlik baxş etdi.

Şu kuni tumanimizning faol xotin-qizlari uçun "Osiyo” töyxonasida bayram dasturxoni yozildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶