TAYaNChIM VA SUYaNChIM FAXR-U IFTIXORIMSAN, MUQADDAS VATAN!
Vatan – bu soʻzni eshitsak qalbimizda qandaydir joʻshqinlik va ulugʻlik paydo boʻladi. Har bir insonning tugʻilib-oʻsgan va kindik qoni tomgan makoni uning Vatanidir.
Vatanni sevmoqlik, uni asrab-avaylash oiladan boshlanadi. Bizning oilamiz, mahallamiz, koʻchamiz - bu bizning Vatan ichidagi Vatanimizdir.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2016-yil bizning yurtimizda, "Sogʻlom ona va bola yili” deb eʼlon qilindi. Biz har doim Vatanga tayanamiz va shu aziz Vatanga xizmat qilamiz. "Biz mustaqil yurt farzandlarimiz!” deb baralla ovozda ayta olamiz. Vatanni sevsang, unga bor mehringni bersang, u ham seni shunday sevadi va ardoqlaydi. Bugun biz Vatanimizga tayansak, ertaga esa Vatanimiz bizga, bizning bilim va salohiyatimizga tayanadi. Biz yoshlar Vatanimiz suyanchigʻi boʻlaylik!
Qunduz AHMEDOVA,
"Barkamol avlod” bola-lar markazining "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶