HAZRAT NAVOIY VA YoŞLAR
XXI asrda hazrat Navoiy bilan zamonamiz ahlini 575 yillik köprik boğlab turibdi. Ne sababki, ul mutafakkirning ijodi qalbimiz tubidan joy olib, ruhimizni tarbiyalab kelmoqda. Olam yaralibdiki, insoniyatga juda köp ilohiy qudrat sohiblarini tuhfa etdi. Lekin tarix ularning köpçiligini unutdi. Ammo biz özbek xalqlari uçun Navoiy tengsiz dahodir.
Maqsud Şayxzoda Alişer Navoiyni "söz mulkining sultoni”, deya taʼriflaganlarida haq edilar. Maʼlumotlarga köra, jahonning közga köringan şoir va yozuvçilari tomonidan işlatilgan sözlar jihatidan ham Hazrat Alişer Navoiy dunyo adabiyotida eng yuqori poğonada turadi: Alişer Navoiy öz asarlarida 26035 ta söz işlatgan.
Alişer Navoiy ijodida mumtoz şeʼriyatning deyarli barça janrlari hamda şeʼriy sanʼatlarini uçratişimiz mumkin. Şoir ijodida komil inson ğoyasi ilgari suriladi. U ezgulikni uluğlagan. Yaxşilikka çorlagan. Navoiy boboning merosini öqib-örganiş, ayniqsa biz yoşlarning maʼnaviiy-maʼrifiy tomondan kamol topişimizda yölçi yulduz vazifasini bajaradi.
Alişer Navoiyning "Hayrat ul-Abror”, "Lison ut-tayr” dostonlari hamda fors tilidagi "Devoni foniy”ning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
Odami ersang demagil odami,
Oniki yöq xalq ğamidin ğami.
Bu misralar orqali Navoiy inson faqat özi uçun emas, balki özgalar uçun yaşaşi lozimligini, el-yurt manfaati yölida xizmat qiliş oliy saodat ekanligini taʼkidlaydi. Axir, yer yuzidagi jamiki insonlar taqdiri bir-biriga uzviy boğlangan. Yoki mana bu satrni loqayd öqimoq mumkinmi?
"Kimki bir köngli buzuqning xotirin şod aylagay,
Onça borki, Kaʼba vayron bölsa obod aylagay”.
Agarda qalb yomonlikka moyil bölsa, uni bu yöldan qaytariş, yaxşilikni örgatiş ança zahmatdir. Diniy kitoblarda köngil muqaddas deyilgan. Yozilişiça, har bir insonda ham köngil bölavermas ekan. Negaki, köngilda ilohiylik yaşar ekan.
Mening qalbimda yaxşi fazilatlarning, uluğ tuyğularning kurtak yozişida Navoiy bobomning ijodi alohida ajralib turadi. Negaki, Navoiy xazinasi ezgulikka yetaklaydi.
Şahzod QURBONBOYeV,
Manğit iqtisodiyot kolleji öquvçisi.
(Foto - http://milliybog.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶