22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 04:09
Jamiyat 👁 5,158

“FARZANDIM – DAVLATIM”, DEGAN ONALAR

“FARZANDIM – DAVLATIM”,  DEGAN ONALAR

Oʻzbek xalqi uchun Oila qadriyati barcha qadriyatlardan aziz. Oʻzbek uchun oila – eng avvalo mehr-oqibat, oʻzaro hurmat, eʼtibor va muruvvat, qon-qarindoshlik, avlodlar bardavomligi ildiz otguvchi muqaddas qoʻrgʻon. Ana shu qoʻrgʻonning obodligidan mahalla rang oladi, Vatan gullab-yashnaydi. Shundanmi, oʻzbek oilalarining pir-u badavlat momo va  bobolari oilaning mustahkamligi uchun, avlodlar bardavomligi uchun umrlarini baxsh etadilar. Oʻnta boʻlsa oʻrni, qirqta boʻlsa qiligʻi boshqa farzandlarini koʻzlari qarogʻida asraydilar, farzandi-jonlarining sogʻlom, barkamol insonlar boʻlib yetishmoqlarini istab yashaydilar.

Yaxshi niyat, yaxshi tilak har kimga yoʻldosh boʻlsa, Allohning siyloviga musharraf boʻladi, deganlari naqadar rost. Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi Hayitboy ogʻa Keteboyev hamda Gulora opa Abatovalar oʻgʻillari Baxtjonni uylantirish toʻyida yor-birodarlari, qarindoshlarining yaxshi tilaklariga "iloho omin!” – deyishdan charchashmadi. Hatto:

- Egiz-egiz oʻgʻil-qiz nevaralar bilan atrofingiz toʻlib ketsin! – desalar,  Gulora opa quvonchdan yashnab:

- Xudoyim yorlaqab 10 ta egizak bersa ham ming-ming shukrona bilan oʻzim ulgʻaytiraman-a! Aynanayin tilingdan bovurim-ay! – degandi.

Qarang-a, Hayitboy ogʻa bilan Gulora opa xonadoniga yangi 2016-yil katta quvonch boshlab keldi.

- Qoʻsha-qoʻsha davlatli boʻldik, - deydi bir yoʻla uchta egizak nevaralarning  momo va buvasiga aylangan Hayitboy ogʻa bilan Gulora opa. – Bir farzandimiz Allohning inoyati bilan beshov boʻldi-ya!

Farzandini davlatim, boyligim, deb quvonchlarini el-yurt bilan baham koʻrayotgan Hayitboy ogʻa bilan Gulora  opaning oʻgʻli Baxtjon va kelini Gulasal biri-biridan shirin ikki qiz va bir oʻgʻilning ota-onasi boʻlishdi. Chaqaloqlarga Aliya, Alfiya, Aydos deb ism qoʻyishdi.

Jajji qizaloqlarni "Barchinlarim, Toʻmaris qizlarim, mitti Aydosni Alpomishim!” – deb qoʻlidan qoʻymay, erkalab-suyib oʻtirgan Hayitboy ogʻa bilan Gulora opaga dilimizda havas uygʻondi.

Xitoy ovulida yashovchi onaxon Shukurjon ena va Qoʻziboy ota Olloyorovlarning oʻgʻli Gʻulomjon va kelinlari Sabohatoy esa bir yoʻla uch nafar qizaloqlarning ota-onasi boʻlishdi. Oysha, Fotima, Zuhra ismli qizaloqlar ayni kunda sogʻlom va tetik ulgʻayishmoqda.

- Qizaloqlarim – shirin qandlarim, - deyishadi Qoʻziboy ota bilan Shukurjon enalar anchagina ulgʻayib, talpinchoq boʻlib qolgan nevaralariga mehr bilan.

- Farzand – koʻngil ganjinasi, - deydi Shukurjon ena. – Uni oʻgʻil yoki qiz deb ajratish – gunoh. Qolaversa, farzanding, agar u oʻntami, qirqtami, undan ham oshiqmi, oʻrni ham qiligʻi ham boshqacha-da. Eng muhimi esa Alloh bergan ana shu ganj-u marvaridni sof asrab-avaylashda, ularning xulqini, feʼlini yaxshi fazilatlar bilan ziynatlashda.

Nevaralar quvonchidan xonadonlari obod, koʻngillari obod bu insonlarga dilda havasimni yashirmadim. Beixtiyor dildagi havas sheʼriy satrlarga koʻchdi:

Vatanning bir goʻshasi – Amudaryoda,

Polvonlar ulgʻayar tengsiz dunyoda.

Avlodlar barkamol, baxti ziyoda –

"Alpomish oʻgʻlonga oʻxshaydi” bari.

 

Biri oʻzbek, biri qozoq onasi –

Obod makonlarning gul-u lolasi.

Bagʻrini toʻldirib turgan bolasi –

Qon-qardosh elimga oʻxshaydi bari.

 

Bir hovlida yashar bobo, nevara,

Balki qirq yo ellik..., yuzta chevara.

Dunyoga kelsa-da necha evara

Bitta xonadonga sigʻadi bari!

Koʻrdingizmi, azizlar! Bizning xalq shundayin tanti, shundayin bagʻrikeng, shundayin joʻmard! Ana shu feʼli uchun Alloh unga asl, iligi toʻq, mehr-oqibatli farzandlar ato etadi va yana ato etaveradi. Ana, qarang-da, Xitoy ovullik Qoʻziboy  ota va Shukurjon enalarning Alpomish oʻgʻli Gʻulomjon bilan Sabohatlarning Barchin qizlariga bir boqing! Sogʻlom, koʻzlari chaqnoq! Ena-buvasiga, ota-onasiga, hayotga, Vatanga talpinib-talpinib ulgʻayishayotir qizaloqlar.

Hayitboy ogʻa Keteboyev bilan Gulora opa Abatovalarning ismi jismiga monand oʻgʻillari Baxtjon bilan Gulasalxon kelinning bagʻrini toʻldirgan Aliya,Alfiya, Aydos ismli chaqaloqlarning nihoyatda sogʻlomlik ufurib turgan yuzchalaridan suygingiz keldimi? Albatta, ular bir kuni ulgʻayib jasoratli, mard-u maydon boʻladilar, elim, yurtim, deb yonib yashaguvchi barkamol farzandlar boʻlishadi.

Bugun esa bu jajji kichkintoylar ona Vatan ardogʻida, gʻamxoʻrliklari soyasida sogʻlom ulgʻayishmoqda. Momo va buvalari, ota-onalari mehridan, ona Vatan muhabbatidan kuch olib, kun sayin koʻzlarni quvontirib, hayotga, Vatanga talpinib-talpinib ulgʻayayotgan goʻdaklar kamolidan bir kuni ular ulgʻaygan oila bagʻri, ona yurt bagʻri obod boʻlishiga ishonchimiz komil.

Robiya YOʻLDOShEVA.

Maqsad HABIBULLAYeV

olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026