POÇTA ALOQASI XIZMATLARI SIZNI QANOATLANTIRADIMI?
Özbekiston Respublikasi öz mustaqilligiga erişganidan söng davlatimizda fuqarolarning ijtimoiy turmuşini yaxşilaşga, isteʼmolçilarga jamiyatning barça sohalarida körsatilayotgan xizmatlardan erkin foydalanişga imkoniyatlar yaratib beriş va ularning qonuniy huquqlarini ximoya qilişga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
"Özbekiston poçtasi” aktsiyadorlik jamiyati foydalanuvçilarining poçta aloqasi universal xizmatlariga bölgan talablarini qanoatlantirişga, jumladan poçta varaqçalari, xatlar, banderollar va mayda paketlarni Özbekiston Respublikasi doirasida maqbul narxlarda jönatiş va yetkazib beriş (topşiriş) xizmatlari körsatiş, şuningdek şartnoma asosida davriy matbuot naşrlariga obuna rasmiylaştiriş, obunaçilarga yetkazib beriş, fuqarolardan kommunal xizmatlar böyiça tölovlarini qabul qiliş va boşqa qöşimça xizmatlar körsatiş vazifalari yuklatilgan.
Uşbu sohada foydalanuvçilarga sifatli xizmatlar körsatilişini nazorat qiliş Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi zimmasiga yuklatilgan bölib, mazkur vazifalarni bajarişda inspektsiyaning Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi tomonidan xöjalik yurituvçi subʼektlar faoliyatiga aralaşmagan holda amalga oşirilayotgan nazorat va monitoring işlari natijasida isteʼmolçilarga körsatilayotgan poçta aloqasi xizmatlarining sifatini yanada yaxşilaş zarurligi holatlari aniqlanmoqda.
Misol tariqasida, inspektsiyaning tegişli buyruğiga asosan hududiy bölinma tomonidan ötgan 2015-yil davomida Özbekiston Respublikasi hududida poçta jönatmalarini egalariga belgilangan muddatlarda yetkazib berilişini nazorat qiliş maqsadida buyurtmali va oddiy xatlar jönatilib, monitoring işlari olib borilişi natijasida poçta aloqasi xodimlari tomonidan xatlarni qabul qiliş, işlov beriş, jönatişga tayyorlaş va yetkazib berişda bir qator kamçiliklar aniqlandi. Ayrim holatlarda xatlarni körsatilgan manzillarga yetkazib berişda belgilangan nazorat muddatlarining buzilişi holatlari ham kuzatilib, tegişli çoralar körildi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va ularning oldini oliş maqsadida hududiy bölinma xodimlari tomonidan, xizmatlar körsatiş joylariga çiqqan holda, xöjalik yurituvçi subʼektlar xodimlari iştirokida sohaga doir qonun talablarining bajarilişi va meʼyoriy hujjatlar talablariga amal qiliş böyiça profilaktik uçraşuvlar ötkazilib, xizmat körsatişda foydalaniş uçun hududiy bölinma tomonidan işlab çiqilgan qöllanmalar tarqatilib, tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan poçta jönatmalarini yetkazib berişda nazorat muddatlari va sifat körsatkiçlari belgilangan. Agar poçta aloqasi xizmatlarida uşbu meʼyorlar buzilişi hollari uçrasa yoki boşqa muammolar yuzaga kelsa, şuningdek poçta aloqasi xizmatlarining sifatini oşiriş böyiça öz fikr-takliflaringiz mavjud bölsa, 224-01-11 raqamli "Işonç telefoni” orqali Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasiga murojaat qilişingiz mumkinligini yana bir bor eslatib ötamiz.
M.ALLAMBERGENOV,
Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶