Ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi yölida
15-yanvar kuni
tuman hokimligining majlislar zalida tumanda onalik va bolalikni muhofaza qiliş,
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş böyiça 2015-yil davomida olib
borilgan işlar va 2016-yil – "Soğlom ona va bola” yilidagi vazifalarga
bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tuman hokimligi mutaxassislari, tuman tibbiyot birlaşmasi xodimlari, umumtaʼlim maktablarining direktorlari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari, tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçilari, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari va diniy idora vakillari iştirok etdilar.
Yiğilişni tuman hokimining birinçi örinbosari Bahodir Yernazarov oçdi va olib bordi. Kun tartibidagi "Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi "2011-2018-yillarda Özbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlaş, onalar, bolalar va ösmirlar soğligini muhofaza qiliş borasidagi Davlat dasturi töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaş böyiça 2015-yilda tumanda olib borilgan işlar hamda 1 yoşgaça bölgan gödaklar va 14 yoşgaça bölgan bolalar ölimi holati tahlili, 2016-yildagi vazifalar töğrisida” tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Olimboy Halimov, "Maktabgaça va maktab yoşidagi bolalarni çuqurlaştirilgan tibbiy körikka töliq jalb etiş, bolalarni, ayniqsa, qiz bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etişning bugungi holati va bu borada taʼlim muassasalari xodimlari oldida turgan vazifalar, maktab öquvçi-yoşlari davomati, ular örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş borasida olib borilayotgan işlar hamda içki işlar bölimining xizmat xonasi va militsiya tayanç punkti tomonidan olib kelingan bolalar bilan amalga oşirilgan işlar haqida tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi mudiri Aşirboy Qöşayev, "Kasb-hunar kollejlari öquvçi-yoşlarining davomatini yaşilaş, ular örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikning, turli yot oqimlar va axborot hurujlariga berilib ketişning oldini oliş borasida mutasaddi taşkilotlar va mahalla faollarining hamkorlikdagi vazifalari töğrisida” "Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi Rustam Rözmetov, "Tumanda 2015-yil davomida onalik va bolalikni muhofaza qiliş, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar bilan işlaşiş borasida olib borilgan işlar tahlili, 2016-yildagi vazifalar, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, ayniqsahomilador ayollarning soğligi, oilada ularga bölgan munosabat masalalariga alohida eʼtibor qaratiş hamda nazoratga oliş, bu borada tibbiyot xodimlari bilan birgalikda taʼlim muassasalari, jamoat taşkilotlari, ayniqsa ovul va mahalla faollari hamkorligini yanada yaxşilaş borasidagi dolzarb vazifalar töğisida”gi masala böyiça tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Maryam Ahmedovalar maʼruza qildi.
Sözga çiqqanlar taʼkidlaganlaridek, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi jamiyatda tinçlik va totuvlik hukm surişining boş omilidir. Şunday ekan, oilada özaro hurmat, yoşi uluğlarga ehtirom tuyğularini yanada yuksaltiriş, ayollar, ayniqsa bölğusi onalarning salomatligini mustahkamlaş masalalari doimiy diqqat-markazimizda bölişi kerak. Kundalik hayotda uçrab turadigan noxuş holatlarning, yoşlarning turli yot oqimlar va ğoyalar girdobiga tuşib qolişlari, jinoyat köçasiga kirib ketişlarining oldini oliş, mahalla va boşqa jamoat tuzilmalarining yoşlar tarbiyasidagi örnini yanada oşiriş masalalari muhokamalar markazida böldi. Yiğiliş yakuni böyiça tumanda 2016-yilda ijtimoiy-maʼnaviy muhat barqarorligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor masalalar belgilab olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶