OLOV BEPARVOLIKNI KEChIRMAYDI
Olov – tilsiz yov, deb ota-bobolarimiz bekorga aytishmagan. Haqiqatan kundalik hayotimizdagi olovga ozgina beparvoligimiz ulkan ofatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
"Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi” OAJ direktsiyasi tomonidan qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan buyruq chiqarilib, maxsus komissiya aʼzolari oldiga bir qator masʼuliyatli vazifalar qoʻyilgan edi.
Bunga muvofiq ish rejalar va dasturlar ishlab chiqildi. "Taxiatosh issiqlik elektr stantsiyasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyatida yongʻin xavfining oldini olish boʻyicha 4-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida stantsiya hududida joylashgan tsex va uchastkalarda yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi boʻyicha rejali tekshirishlar olib borildi.
Tsex va ishlab chiqarish korxonalarida yongʻin xavfsizligi burchaklari, eslatmalar tashkil etildi. Yongʻin xavfining oldini olish borasida ishchi, xizmatchilar bilan suhbatlar uyushtirildi. Elektr va gaz uskunalaridan foydalanishda ularni yoqib qoldirmaslik lozimligi aytildi. Boʻlinmaning yongʻin xavfsizligi nozirlari obʼekt radiotarmogʻi orqali tilsiz yovdan saqlanish qoidalariga rioya qilish borasida eshittirishlar tashkil etishmoqda.
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga bir oygina emas, balki, yil davomida qatʼiy amal qilish farovonligimiz asosi ekanligini unutmasligimiz kerak.
Jamiyatimiz tomonidan yongʻin xavfsizligiga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar elimiz tinch-osudaligini, obodonligini taʼminlashga qoʻshayotgan hissamizdir.
R.YeMBERGENOV,
"Taxiatosh IES” aktsiyadorlik jamiyatining yongʻin xavfsizligi boʻyicha 4-sonli HYoXB smena boshligʻi, leytenant.
(Foto - http://www.uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶