Ogohlik, huşyorlik – doimiy vazifamiz
Bugungi kunda öquvçi-yoşlarga bilim asoslarini puxta örgatibgina qolmay, ularni atrofida va butun dunyoda sodir bölayotgan voqea-hodisalarni oqilona baholab, özining munosabatini bildira oladigan, mustaqil fikrlovçi, maʼnaviyatli qilib kamolga yetkazişga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Tinç aholi orasida nizolar çiqarib, xalqni parokanda qilişga, mudhiş qöporuvçilik harakatlari bilan qörqitib, tahdid qilib, izmiga solişga urinayotgan ekstremistik guruhlar köproq yoş-yoş yigit-qizlarni töğri yöldan toydirib, öz saflariga tortişga urinayotganliklari bejiz emas. Şunçaki oqibatini öylamay, qiziqiş ustunlik qilib, ularning tuzoğiga ilinib qolayotgan yoşlar ham afsuski, yöq emas.
Şularni inobatga olgan holda yaqinda "Qipçoq” ovulida joylaşgan 18-sonli maktabda xavfsizlikni taʼminlaş, yoşlarning turli zararli oqimlar taʼsiriga tuşib qolişining oldini oliş, Vatanimizdagi tinçlik, osoyiştalikning qadriga yetiş va barqaror bölmoği uçun kuraşiş, ogohlikni, sergaklikni oşirişga qaratilgan yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda maktab öqituvçilari, öquvçilarning ota-onalari, tuman IIB xodimlari, Qipçoq ovul fuqarolar yiğini masʼul xodimlari iştirok etdilar.
Kun tartibidagi mavzu yuzasidan tuman IIB xodimi, mayor J.Xolmurodov, Qipçoq OFY raisi T.Jumaniyozov. XTMFMTTEB metodisti A.Bekberganovlar maʼruza qildilar, loqaydlikka yöl qöymaslik lozimligi ota-onalarning öz farzandlarini yetarliça nazorat qilmasliklari natijasida kelib çiqqan ayrim köngilsiz voqealar misolida tuşuntirildi.
Yiğilişda ota-onalar ham farzand tarbiyasida huşyorlikni oşirişga oid öz fikr-mulohazalarini bayon etdilar, ogohlik – har bir fuqaroning kundalik işiga aylanişi lozimligini taʼkidladilar.
E.ALLAMBERGANOV,18-sonli maktab direktori.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶