ShIDDATLI ZAMONAGA MOS IShLASh – DAVR TALABI
Men 40 yildan ziyod matbuot sohasida mehnat qilib, nafaqaga chiqdim. Hozir ham mamlakatimiz markaziy nashrlarini, tumanimiz gazetalarini muntazam oʻqib boraman.
Matbuotda yoritilgan muhtaram Yurtboshimiz I.Karimovning shu yilning 26-noyabrida boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida soʻzlagan maʼruzasi matnini ham diqqat va eʼtibor bilan oʻqib chiqib, juda taʼsirlandim.
Namangan azal-azaldan yeri unumdor, odamlari mehnatkashligi, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari bilan mamlakatimizda oʻz oʻrni va mavqeiga ega viloyat hisoblanadi. Yuksak meʼmoriy uslubda qurilgan shinam va koʻrkam markazi gul shahri, deya taʼriflanishi ham bejiz emas. Biroq bugungi tezkor taraqqiyot davri erishilgan koʻrsatkichlarga havolanmasdan, zamon bilan hamnafas qadam tashlashni, agrar, sanoat, xizmat koʻrsatish va barcha sohalarni ham kompleks rivojlantirish yoʻlidan dadil odimlashni va pirovardida xalqning turmushi sifatini izchil oshirib borishni taqozo etadi.
Maʼruzada bu borada Namangan viloyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar atroflicha tahlil qilinib, haqqoniy baho berilganligi meni juda taʼsirlantirdi. Yurtboshimizning 2015-yilda kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqqan namanganlik oʻgʻil-qizlarning 17 foizdan ziyodi kollej va korxona hamkorlik tizimi boʻyicha haligacha ish bilan taʼminlanmaganligiga javoban mamlakatimizdagi bir viloyat, tuman va shahar hokimlariga qarata: "bilib qoʻyinglar, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarini bitirib hayotga yoʻllanma olgan yoshlarimizni zamonaviy ish bilan taʼminlamasdan oʻz holiga tashlab qoʻyish – bu kechirib boʻlmaydigan xato, yosh avlodimizga nisbatan xiyonatdir. Har qaysi hokimning faoliyatiga, birinchi navbatda, u boshqarayotgan hududda bu boradagi ishlar qanday yoʻlga qoʻyilganiga qarab baho berish lozimligini yana bir bor taʼkidlash oʻrinlidir”, - degan soʻzlari nafaqat rahbar xodimlar, balki, hammamizda yosh avlod kelajagiga masʼullik hissini oʻygʻotadi.
Maʼruza bilan batafsil tanishish har bir kishini oʻz faoliyatini mushohada qilib koʻrib, kasbiga, lavozimiga yanada teran nigoh bilan qarashga, tezkor zamonamizga xos ishlashga undaydi. Ha, maʼruzadan har bir fuqaro tegishli xulosa chiqarib olmogʻi lozim.
Saʼdulla XOʻJANIYoZOV, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶