22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:49
Jamiyat 👁 4,258

EL-YuRT XIZMATI YOʻLIDA KAMARBASTAMIZ

EL-YuRT XIZMATI YOʻLIDA KAMARBASTAMIZ

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 24 yilligi nishonlangan joriy yilda barcha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qatori men rahbarlik qilayotgan "Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻinida ham ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash va shunga oʻxshash aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qiladigan bir qancha ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor berildi. Bunda albatta, biz mahalla faollarining yordamlariga, jamoat tashkilotlarining koʻmaklariga tayanamiz.

Natijada esa mahalla xonadonlaridagi mavjud holatlar oʻrganib chiqildi va oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirish, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash va barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlariga keng jamoatchilikni jalb qilish yuzasidan aholi oʻrtasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borishga erishildi.

Men keyingi saylovda 4-"Doʻstlik” saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylanganman. Asosiy ishim – "Yangiobod” MFY raisi vazifasi bilan birgalikda albatta, deputatlik faoliyatimni ham bekam-u koʻst bajarishga harakat qilayapman. Shu maqsadda "Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini binosida tashkil etilgan deputatlik xonasida Kengash tomonidan tasdiqlangan fuqarolarni qabul qilish kuni va saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish jadvaliga muvofiq har oyning oxirgi shanba kuni fuqarolarni qabul qilish bilan birgalikda har chorak yakuni boʻyicha saylovchilarim bilan uchrashib, ularga mamlakatimiz siyosiy hayotidagi oʻzgarishlar, tuman Kengashi va hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi maʼlumotlarni yetkazib turaman.

Men tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi sifatida ham bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqdaman. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida doimiy komissiya tomonidan 9 ta yigʻilish oʻtkazildi.

Jumladan, 2015-yilning 27-mart kuni doimiy komissiya aʼzolari "Xitoy” ovul fuqarolar yigʻinidagi "maslahat markazi” tomonidan olib borilayotgan ishlarni, 12-iyunda esa "Kuyuk koʻpir” ovul fuqarolar yigʻinida yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholining, ayniqsa xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni oʻrganib chiqdik.

"Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosida 13-mart va 5-iyun kunlari "Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza etish hamda hududlarda sanitariya holatini yaxshilashning dolzarb masalalari” mavzusida yigʻilishlar oʻtkazildi.

Shuningdek, avgust oyidagi  yigʻilishda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi "Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va  moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablari asosida "Qilichboy” OFYda olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi masala koʻrib chiqildi.

Men oʻz deputatlik faoliyatimni yanada yaxshilash maqsadida saylovchilarim bilan tez-tez uchrashishga, ular bilan oʻtkazilgan suhbatlar chogʻida bizga ishongan yurtdoshlarimizning xohish-istaklarini oʻrganishga, ularga imkoni boricha koʻproq yordam koʻrsatishga harakat qilaman.

Chunki, biz deputatlar oʻz saylovchilarimiz qalbiga yoʻl topib, ularning ishonchini qozonsakkina deputat degan sharafli nomni oqlagan boʻlamiz.

Madamin KAZAKOV, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy

komissiyasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026