OʻZGAGA HAVAS QILIB...
"Yoshlar” telekanalida bir necha oy davomida namoyish etilgan "Senga oshiqman” hind teleseriali koʻpchilikning diqqatini rom etib, oʻziga asir qilib qoʻydi.
Oʻsha serialni koʻraman, deb bir kelinchak bolasining endigina choy damlangan choynakni tortib yuborganini bilmay qolgan. Birpasgina beparvoligi bolakayning kuyib, qancha azoblanishiga, hafta-oʻn kun kasalxonada yotishiga sabab boʻldi.
Haqiqiy hayotdan juda uzoq, ertaksifat, biroq odob-axloq qoidalaridan juda yiroq serialning nimasi odamlarni bunchalar sehrlab qoʻydi, bilmadim. Eng yomoni serial namo-yishi boshlangach, oʻsha serial qahramoni Ishani nomi bilan ataluvchi turli fasondagi yelkalari ochiq, yengsiz, bizning milliy mentalitetimizga umuman toʻgʻri kelmaydigan koʻylaklar, hatto shippaklar ham bozorlarimizni toʻldirdi va qizlarimiz, hatto yoshroq ayollar ham olib kiyishga oshiqdi. Serial qahramonlari surati tasvirlangan futbolka, shippaklarning hozir ham bozori chaqqon. Maktab bozorida hatto serialning turli lahzalari aks etgan suratlar bilan bezatilgan daftarlar sotildi va hamon davom etayapti. Bu oʻsha mahsulotlarni ishlab chiqarayotganlarning, xarid qilayotganlarning maʼnaviy qashshoqligidan dalolat emasmi? Axir oʻzimizning milliy liboslarimiz butun dunyo ahlining diqqatini oʻziga tortayotgan bir vaqtda, nega endi qizlarimiz oʻzgaga havas qilib, milliyligimizga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan ochiq-sochiq va haddan tashqari yupqa kiyimlarga ruju qoʻyishayapti? Ajdodlarimiz asrlar osha asrab-avaylab bizgacha saqlab kelgan, milliy ruh bilan sugʻorilgan urf-odatlarimizga, anʼanalarimizga hurmatsizlik emasmi, bu?
Feruza YOʻLDOShEVA, Mangʻit Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.
(Foto - http://mytube.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶