PAXTANI YoNĞINDAN ASRAŞ – BURÇIMIZ
Ayni kunlarda respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi tumanimizda ham paxta yiğim-terimi tobora avj olmoqda. Çunki bunday iliq kunlar ğanimatdir. Bu davrda yiğib olingan paxtani yonğin xavfidan asraşga alohida eʼtibor qaratiş lozim. Zero, paxta bizning milliy boyligimiz, iftixorimiz hisoblanadi. Şuning uçun uni asraşimiz, şu jumladan, yonğin çiqişining oldini olişimiz zarur. Buning uçun fermer xöjaliklarida paxta xirmonlari, paxta quritiş örinlari suv havzalari bor bölgan yoki suv hovuzlari mavjud bölgan joylarga yaqin bölişi kerak. Paxta hosilini paxta qabul qiliş maskanlariga eltişda alohida eʼtibor va masʼuliyat zarur. Traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga albatta şolça yoki brezent yopilişi kerak, aks holda yonğin kelib çiqişi mumkin. Paxta qabul qiliş punktlarida va paxta dalalarida çekiş, oçiq olovdan foydalaniş hamda paxta hosilini yöl çetlarida quritiş qatʼiyan maʼn qilinadi. Xirmonlar, paxta quritiş örinlari paxta qabul qiliş şoxobçalari "Paxtani olovdan asraylik!”, "Çekilmasin!” "Olovdan foydalaniş maʼn qilinadi!” kabi körsatmalar bilan taʼminlanişi zarur.
Tumanimizdagi "Amudaryo paxta tozalaş” aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qaraşli paxta qabul qiliş şoxobçalarida paxta hosilini qabul qilişga tayyorgarlik işlari puxta olib borilganligi bois hosil uzluksiz qabul qilinmoqda. Jamiyat va unga qaraşli şoxobçalar yonğinga qarşi birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan taʼminlangan. "Paxta - 2015” yiğim-terim mavsumida yordamga kelgan haşarçilarning yaşaş joylarida yonğin xavfsizligi çoralarini köriş uçun bir qança işlar olib borildi. Hozirgi kunda ham yuqoridagi tartib-qoidalar töğrisida suhbatlar ötkazilib, yöriqnomalar va körsatmalar berilmoqda. Paxta qabul qiliş şoxobçalarida köngilli yonğin öçiriş guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegişli vazifalar yuklatilib, şu bilan birga Manğit şahar 3-son Kasbiylaştirilgan yonğin xavfsizligi qismi şaxsiy tarkibi va 2 ta jangovar ekipajlari, "Amudaryo paxta tozalaş” hissadorlik jamiyatining köngilli yonğin öçiriş guruhi va 1 ta jangovar ekipaji bilan paxta tozalaş zavodida va paxta qabul qiliş şoxobçalarida yonğin sodir bölganda uni öçiriş böyiça amaliy maşqlar ötkazilmoqda.
Maqsadimiz - milliy boyligimiz bölgan paxtani yonğindan asraşdir.
Hamro MATYoQUBOV, tuman IIB YoXB boşliği, mayor.
(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶