SANʼATGA OŞUFTA YoŞLAR USTOZI
Manğit şahrida joylaşgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi nafaqat tumanimiz, balki, respublikada taniqli köplab sanʼatkorlarni tarbiyalab ulğaytirgan beşikdir.
Muassasaning musiqa va sanʼatga qiziquvçi yoşlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan ustoz murabbiylari orasida anʼanaviy ijroçilik yönalişi böyiça saboq berayotgan Farhod Xudoyberganov ham bor.
U dastlab musiqa ilmini hozir özi faoliyat yuritayotgan mazkur dargohda oldi. Ustozi Hamza Bobojonov milliy çolğu asboblaridan ğijjak çaliş, qöşiqlar ijro etiş sirlarini örgatdi. Toşkent şahridagi Hamzanomidagi musiqa vasanʼat bilim yurtidamaqom yönalişida tahsiloldi. Anʼanaviy ijroçilik borasidagi mahoratini yuksaltirdi.
U 1996 yildan beri 9-sonli Bolalar musiqava sanʼat maktabidayoş sanʼat ixlosmandlariga anʼanaviyijroçilik yönalişidan dars beribkelayapti.
- Şu yönaliş böyiçaöqigan şogirdlarim orasida KomiljonBoltaboyev, Şahnoza Matsafoyeva, Davlatyor Şomurodovlar tumanimizxalqining hurmatini qozonibkelişayapti. Ayni kunlarda tahsilolayotgan öquvçilarimdan Oğabek Sobirov, OybekPirnazarov, Javohir Hamroyevlar hamumumxalq bayramlarida, qutluğ kunlardaulkan davralarda qöşiqaytib, elga tanilmoqda, turli tanlovlarda ğolibbölişmoqda, - deydi Farhod Xudoyberganov.
Darhaqiqat, sanʼat – tarbiya vositasi. Haqiqiy yurakdan kuylangan mumtoz va zamonaviy qöşiqlarni baribir xalq sevib tinglaydi va haqqoniy bahosini beraveradi. Men buni şogirdlarimga uqtirişdan, örgatişdan heç çarçamayman, - deydi suhbatdoşim faxr bilan.
U öz kasbidan doimo faxrlanib mehnat qiladi. Sidqidildan qilingan mehnat esa samarali bölişi şubhasiz.
Oygul RAJABOVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶