EHTIROM
Men maktabga borgan ilk kunimni hali-hanuz yaxşi eslayman. Maktab hovlisida katta yiğiliş böldi. Keyin sinfga kirdik, bizni Qurbonboyev Jumaboy aka degan ustoz kutib oldi va öşa kundan boşlab u ikkinçi otamizdek bölib qoldi. Ustoz sabr-toqat bilan harflarni örgata boşladi. Men köp narsalarni bilişni xohlardim. Öqituvçimiz va sinfdoşlarim barçasi bir ovozdan meni sinf sardorligiga saylaşdi. Bu vazifa meni yanada köproq öqişga, faol bölişimga va kelgusida ustozim kabi yetuk öqituvçi bölişga undagan bölsa, ajab emas.
Yuqori sinfga çiqqanimizda Bobojonov Xidir aka rahmatlik ona tili va adabiyot fanidan öqitgan edilar. Maktabni aʼlo baholarga tamomlab, oliy öquv yurtiga sirtdan öqişga kirdim. Sirtqi bölimda asosiy işlar uyda bajarilardi. Kurs işi yozişni uyga topşiriq qilib berişdi. Kurs işim mavzusi: "Ot söz turkumi” va bitta matnni morfologik tahlil qiliş edi. Bu topşiriqlarni bajariş uçun ustozim Xidir aka Bobojonovdan kerakli kitob sörab uyiga bordim. U kişi juda mehribon, bağri keng inson edi. Ustoz öz xonasida gazeta öqib ötirgan ekan. Meni yaxşi kutib oldi. Ustozga kelişim sababini aytib, kurs işimni yozişda maslahat söradim. Öşanda ustoz erinmay menga kurs işim yuzasidan keng tuşuntirişlar berdi. Lekin qanday yoziş haqida aytmadilar.
Ustoz bilan xayrlaşib, özimça undan xafa bölib qaytdim. Kerakli kitoblarni topib, kurs işimni yozişni boşladim. Matn ustida işlaşga köp vaqtim ketdi, sözma-söz tahlil qiliş kerak edi. Nihoyat yozib böldim. Ustozga körsatiş uçun uyiga şoşildim. U qöliga daftarimni olib, közoynagini taqib, öqiy boşladi. Öqişdan boş kötarib:
- Buni oqqa köçirsang böladi, juda yaxşi yozibsan. Matndagi sözlar ham töğri tahlil qilingan, öz ustingda izlanişing natijasi bu, - dedi.
Bekorga ustozdan xafa bölibman. Meni qiyinçiliklarga, izlanişga, sabr-toqatli bölişga örgatgani uçun ham ustozdan minnatdorman. Öqiş muddati boşlandi. Kurs işimni domlamga topşirdim. Ança vaqtdan keyin bahosi eʼlon qilindi. Kursdoşlarimga mening işimni namuna qilib körsatdi va bahosi "5” ekanini aytdi.
Meni ustoz hayotda hamişa izlanib, intilib yaşaşga örgatdilar. Hozirgi kunda öqituvçi bölib, men ham öquvçilarimga intiling, öqing, örganing, albatta maqsadingizga erişasizlar, deyman. Iş faoliyatimda hamon rahmatlik ustozim Xidir aka Bobojonovning pedagogik uslubiga tez-tez murojaat qilaman. Va bu aziz insonning porloq xotirasi oldida qarzdorlik hissi bilan yaşayman.
Gulnora EŞIMBETOVA, 8-sonli maktab öqituvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶