17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:25
Fan va taʼlim 👁 3,961

AHDI QATʼIY USTOZ

AHDI QATʼIY USTOZ

Oʻqituvchi boʻlishni, ustozi kabi sinfxonada tizilishib oʻtirgan qorakoʻzlarni ilm dunyosi sari yetaklab, ularning sevimli insoniga aylanishni istamagan bola bormikan? Shu moʻʼtabar zotlarga havas qilib tengqurlari bilan "maktab, maktab” oʻynamagan-chi?

Umrning begʻam, shodliklarga toʻla eng masʼum davridagi buningdek ilk orzu-havaslar keyinchalik baʼzilarning hayoti mazmuniga aylanib ham qoladi.

Hulkar Qurbonboyeva dastlab oʻzi taʼlim olgan 38-umumtaʼlim maktabidagi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Safarboy Qurbonboyev, ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Guljon opa Davlatboyeva, Soatboy aka Begimovlarga havas qilib, oʻqituvchi boʻlishni orzu qilgan edi. Oliy maʼlumotli stomatolog shifokor, adabiyotni sevadigan, oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalarini sevib mutolaa qilib, oʻzi ham sheʼrlar ijod qiladigan, sheʼriyat muxlislariga yaxshi tanish otasi Jabborbergan Qurbonboyev, onasi Qurbonbika opalar ham uning bu qiziqishini ragʻbatlantiribgina qolmay, dars mashgʻulotlarini yaxshi oʻzlashtirishiga imkoniyat yaratib berdi, badiiy kitoblar olib berib, maʼnaviyatli boʻlib voyaga yetishiga harakat qildi. Oilada 7 nafar farzandning ham ilmli, odob-ikromli boʻlib ulgʻayishiga intilgan ota-onaning mehnatlari zoya ketmadi, uch nafari oʻqituvchi, boshqalari shifokor, turli kasb egalari boʻlib yetishishdi. Hulkar esa umumtaʼlim maktabini tugatgach, Samarqand Davlat Oliygohining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga hujjat topshirib, sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, talaba boʻlishga erishdi.

Uning talabalik davri mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrlari – 1992-1997-yillarga, sobiq ittifoq tizimida faqat xomashyo bazasi boʻlib kelgan yurtimizda ishlab chiqarish izdan chiqib, iqtisodiy taqchilliklar hukm surgan, yosh davlatimizning endi oyoqqa tura boshlagan davrlariga toʻgʻri keldi.

- Baʼzan doʻkonga borib, non yetishmay qolgan, baʼzan nonga ham pulimiz qolmagan kunlarimiz ham boʻlgan, - deya eslaydi talabalik davrini Hulkar Qurbonboyeva.

Oʻsha vaqtlarda ham talabaning oʻqishga ishtiyoqi susaymadi, stipendiya pulidan, ota-onasi joʻnatgan puldan maʼlum qismiga darslikdan tashqari kitoblar sotib olishga, bilim doirasini kengaytirishga sarfladi. Oliygohni muvaffaqiyatli bitirib kelib, 1997-yildan 16-sonli umumtaʼlim maktabida oʻz fanidan dars bera boshladi.

Hulkar oʻzining oʻqituvchilik faoliyati davomida boshqalarga oʻrnak boʻlarlik yutuqlarga erishdi. 2005-yildan beri oʻquvchilari muttasil bilimlar bellashuvi va fanlar olimpiadasida, turli koʻrik-tanlovlarda qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelishmoqda. Avvalgi yili ikki oʻquvchisi fanlar olimpiadasining mamlakat bosqichiga chiqishgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida ham Qoraqalpogʻistonda ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallashdi. Yana bir oʻquvchisi Qunduzoy Yusupova  "Kamalak” yulduzlari bolalar ijodiyoti festivalida mamlakat bosqichida dastlab ishtirokchi, keyinchalik gʻolib boʻlishga erishdi.

- Oʻquvchining muvaffaqiyati oʻqituvchidan tashqari ota-onasi, oilasiga ham koʻp jihatdan bogʻliq, - deydi Hulkar shogirdlarining yutuqlari haqida gapirganida kamtarlik bilan. – Bolaning qiziqishini, ilmga intilishini ota-ona ham qadrlamasa, qoʻllab-quvvatlamasa, yaxshi natijaga erishish qiyin. Avvalo bolaning iqtidorini toʻgʻri anglay olish, intilishlarini ragʻbatlantirib, bu yoʻlda koʻmakchi boʻlish – oʻqituvchi mehnati samarali boʻlishini taʼminlaydi. Men doim shunga intilaman.

Hulkarning ezgu niyatlar bilan qilgan mehnati uni hamkasblari orasida obroʻ-eʼtiborli qildi. Mehnatlari munosib baholanib, joriy yilda "Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” boʻldi. Bu ishonch, ragʻbat iqtidorli oʻqituvchini yana ham ezgu ishlarga chorlayveradi.

 

 

Oygul RAJABOVA.

Suratda: Hulkar Qurbonboyeva dars paytida.

M.ShOMURODOV surati.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026