Sizga taʼzim, Sizga ehtirom!
Inson zoti ota-onasi, tugʻishganlari, yaqinlari mehri ogʻushida voyaga yetsada, hayot ilmini, maʼrifatni, maʼnaviyatni maktabda ustozlardan oʻrganadi. Oʻz-oʻzidan ravshanki, harf tanitib, fan asoslarini sabr-toqat bilan oʻrgatgan ustozlarning shaxs kamolotida hissasi juda ulkan.
"Agar dunyo imoratlari ichida eng ulugʻi maktab boʻlsa, kasblar ichida eng sharaflisi oʻqituvchilik va murabbiylikdir”, deb ustoz-murabbiylarga yuksak baho bergan edi Yurtboshimiz I.Karimov. Kelajagimiz egalariga ilm-u maʼrifat, kasb-hunar sirlarini oʻrgatuvchi, hayot saboqlari va odamiylikdan dars beruvchi ustoz va murabbiylarni har qancha eʼzozlasak, ehtirom koʻrsatsak ham kamlik qiladi. Ayniqsa, bugungi globallashuv jarayonida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari turmushimizdan tobora keng oʻrin egallayotgan shiddatli davrda yosh avlodni ilm-maʼrifatli qilishda, ona yurtimizga va umumbashariy qadriyatlarimizga yuksak hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalashda, butun dunyo tamadduniga munosib hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar qilib kamol toptirishda ustoz va murabbiylarning zimmasidagi masʼuliyat yanada ortmoqda. Ana shunday sharafli vazifani zimmasiga olgan fidoyilar haqli ravishda xalqimizning hurmat-eʼtiboridadir.
Mamlakatimizda 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, deya eʼlon qilingani va umumxalq bayrami sifatida nishonlanayotgani ham ularga davlatimiz gʻamxoʻrligining bir ifodasidir.
Aziz ustozlar va murabbiylar, ilm-maʼrifat charogʻbonlari! Sizlarni kasb bayramingiz bilan sidqidildan qutlab, masʼuliyatli va mashaqqatli ishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz! Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin, aziz ustozlar!
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶