16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 22:58
Jamiyat 👁 2,499

EL-YuRT TOTUVLIGI VA OBODLIGI YOʻLIDA

EL-YuRT TOTUVLIGI VA OBODLIGI YOʻLIDA

Bizning Nazarxon ovulimiz ahli azal-azaldan mehnatkash, el-yurtga qayishgan fidoyi, turli millat vakillari ahil-inoq, totuvlikda yashayotgan xalq. Ovulimiz ahlini yagona bir maqsad birlashtirib turadi. Bu – Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, Nazarxon elining farzandlarini har tomonlama yetuk va barkamol, istiqlol gʻoyalariga sodiq insonlar qilib tarbiyalash.

Shuni alohida qayd etish kerakki, 654 ta xonadonda 822 oilaga birlashib, tinch-totuv yashayotgan 3592 nafar aholini ovulimizni yanada obod va farovon goʻshaga aylantirishdek ezgu maqsad hamisha  jipslashtirib kelgan va bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi. Tomorqa xoʻjaligini, tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat oʻz oilalari, balki Nazarxon ovulining farovonligi hamda iqtisodiy barqarorligini taʼminlashini ovul fuqarolari juda yaxshi biladilar. Shu tufayli ovulimizda tomorqa xoʻjaligini moʻl-koʻl daromad manbaiga aylantirib, boy-badavlat boʻlgan insonlar anchagina. Oilaviy va xususiy tadbirkorlikka eʼtibor ham, ragʻbat ham oshganligi bois, 2015-yilning oʻtgan davri mobaynida 17 nafar fuqaro va 2 nafar kollej bitiruvchisi  parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish yuza-sidan ishlab chiqqan biznes gʻoyalarini amalga oshirish maqsadida imtiyozli kredit sohiblari boʻlishdi.

Ovul yoshlarining bandligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. "Qulamet oʻy” mavzesida faoliyat olib boruvchi, Xitoy texnologiyasiga asoslangan gʻisht zavodida ovulning 46 nafar yoshlari doimiy ish bilan taʼminlanishdi. 15 nafar yosh qiz va kelinchaklar ustoz-shogird anʼanasi asosida tikuvchilik sirlarini puxta oʻrganib, chevarlik bilan shugʻul-lanishayotir.

Oʻsmir va balogʻat yoshidagi qizlar hamda yosh kelinlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan "Siz turmush qurishga tayyormisiz?”, "Qaynona va kelin munosabatlari” mavzularidagi tadbirlar oʻz samarasini berganligi bizning qalbimizga quvonch bagʻishlaydi. Chunki, bizning Nazarxon ovulimizda erta turmush qurish va oilaviy ajrimlar soʻnggi ikki yildan beri umuman sodir boʻlmadi.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida ovul yoshlari oʻrtasida tez-tez turli xil koʻngilochar tadbirlar, sport musobaqalari oʻtkazilib turiladi. Hududimizdagi sport-sogʻlomlashtirish inshootlarida 120 nafar bola sportning eng ommaviy turi – futbol bilan shugʻullanishadi.

"Keksalarni eʼzozlash yili” munosabati bilan keksa otaxon va onaxonlarimizning istak-xohishlari asosida 62 nafar nuroniylar tarixiy Xiva shahriga ziyoratga borib qaytishdi, muqaddas qadamjolarga tashrif buyurishdi.

Meni nazarxonliklar ishonch bildirib, 30-Nazarxon saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga saylashdi. Bu ishonch mening faoliyatim koʻlamini yanada kengaytirdi. Nafaqat diniy maʼrifiy va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi, balki xalqning ishongan vakili sifatida ovul ahlining hayotiga oid muammolarni hal etishda ishtirok etishimga, bu muammolarni ijobiy hal etishda qonuniy asoslarga tayangan holda ish yuritishimga toʻgʻri keladi.

Hamisha jonajon xalqim bilan birga harakat qilish, hamjihatlikda ishlash menga zavq bagʻishlaydi. Chunki ana shu ozgina fidoyiligim tufayli xalq ishonchiga sazovor boʻldim. Mehnatim qadr topdi. Mustaqillikning 24 yillik bayrami arafasida Prezident Farmoniga muvofiq "Shuhrat” medali bilan taqdirlanganim meni yanada samaraliroq ishlashga daʼvat etmoqda. Zero, el-yurt totuvligi yoʻlida qilingan har qanday ish munosib bahosini olaveradi.

 

Guljahan IBRAIMOVA, Nazarxon OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026