DOʻSTONA MASLAHAT - OLTINDAN QIMMAT
Joriy yilning 10-avgust kuni tumanimizga qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan ishlar, gʻoʻza defoliatsiyasi va paxta yigʻim-terimiga hamda kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini koʻzdan kechirish va oʻzaro tajriba almashish maqsadida Shoʻmanay va Xoʻjayli tumanlari vakillari tashrif buyurdilar.
Mehmonlar tumanimizdagi barcha ovullarda boʻlishib, fermer xoʻjaliklarida gʻoʻza parvarishi, paxta yigʻim-terimiga va kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.
Shu kuni kechqurun tuman hokimligida oʻzaro tajriba almashish yakuniga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev ochdi va boshqarib bordi.
Oʻzaro tajriba almashish ishlariga bagʻishlangan ushbu yigʻilishda soʻzga chiqqanlar oʻzlari tashrif buyurgan fermer xoʻjaliklarida paxta yigʻim-terimi va kuzgi bugʻdoy ekish ishlari oldidan olib borilayotgan tayyorgarlik haqida gapirdilar.
Xoʻjayli va Shoʻmanay tumanlaridan 2015-yilning paxta hosilini yigʻib-terib olishga, kuzgi bugʻdoy ekishga tayyorgarlik koʻrish ishlarini koʻzdan kechirish, oʻrganish va tajriba almashish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar amudaryolik qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari tomonidan olib borilayotgan kuzgi tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berdilar.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶