QABRISTONLAR OBODONLAShTIRILMOQDA
Joriy yilning 29-iyul kuni "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan "Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish” mavzusida Xitoy ovul fuqarolar yigʻini hududidagi "Qumsangar” qabristonida koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Ushbu seminarda fond xodimlari, obodonlashtirish boshqarmasi nazoratchilari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda hududdagi mahalla imomlari ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarda dafn etish joylarini lozim boʻlgan holatda saqlash va obodonlashtirish, atrofini oʻrash, qoʻriqlash, suv, elektr, zarur binolar va jihozlar, shuningdek kirib boriladigan yoʻl bilan taʼminlash lozimligi, dafn etish joylarida mol va boshqa uy jonivorlarini boqish, mevali koʻchatlar ekish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish taʼqiqlanganligi” toʻgʻrisida ham aytib oʻtildi.
Ushbu bildirilgan fikrlar "Qumsangar” qabristonida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va homiylar koʻmagida hashar yoʻli bilan amalga oshirilgan xayrli ishlar misolida koʻrsatib oʻtildi.
Mana shunday ezgu, xayrli, savobli ishlar boshqa qabristonlarda ham davom ettirilishi yuzasidan seminar ishtirokchilariga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Gavhar ChIMBAYChIYeVA, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi
boshqaruvi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶