14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:08
Jamiyat 👁 2,195

QUShNING HAM UYaSI BUZILMASIN!

QUShNING HAM UYaSI BUZILMASIN!

Bugungi kunda mamlakatimizda oilalarda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishga, mustahkamligiga erishishga, yosh oilalarni namunali oilalar tajribalari asosida tarbiyalashga va shu tufayli ularda ham oʻzaro mehr-oqibat, bir-biriga ishonch, oʻzaro birdamlik, hamjihatlikni qaror toptirishga ulkan ahamiyat berilayotir. Oilalarda asrlar davomida shakllangan hamjihatlikni taʼminlashga, farzandlar tarbiyasiga doir bilim va tajribalarni qunt bilan oʻrganish, bu boradagi urf-odatlar, anʼanalarning, qadriyatlarning ahamiyatini keng targʻib etish va turmushimizdagi jilosini toʻlaligicha saqlab qolish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, keyingi yillarda jamiyatimizning kichik boʻgʻini boʻlmish oilaning muqaddas goʻsha ekanligi, undagi tinchlik, totuvlik, hamjihatlik farzandlarning barkamol boʻlib voyaga yetishiga bevosita aloqadorligi ayrim yosh oilalar nazaridan chetda qolmayapti.

Farzandlarimiz dunyoga kelib ulgʻayadigan, barcha orzu-umidlarimiz beshigi boʻlgan, barchamiz bagʻriga talpinib yashaydigan qutlugʻ maskanimiz – oilalarimizning tinchligi, obodligi butun jamiyatimizning tinchligi, obodligidir.

Bugungi kunda oilalar mustahkamligiga erishish vazifasi shu boisdan ham dolzarb va ayni paytda barchamizga daxldordir.

Oʻtgan yilda tumanimiz boʻyicha 1787 ta nikoh qayd etilib, 78 ta ajrim, joriy yilning oʻtgan davrida esa 710 ta nikoh, 31 ta ajrim qayd etilgani va ajralishga qaror qilganlarning koʻpchiligi 30 yoshgacha boʻlgan er-xotinlar ekanligi - yoshlarning hali mustaqil hayotga tayyor boʻlmay turib oila qurayotganlarini, shunchaki hoyu-havas uchun, dabdabali marosim, sarpolar, oʻz tengqurlaridan oldinda boʻlish, boshqalarning havasini keltirish uchun toʻy qilayotganliklarini koʻrsatib turibdi. Ular bu qadamni qoʻyish uchun oʻzlariga nechogʻlik bilim, masʼuliyat va hayotiy tajribalar kerak boʻlishini oʻylab ham koʻrmaydilar va taqdirning ilk zarbalariga chora topolmay, ajrashib ketadilar.

Yosh oilalarning mustahkamliligiga erishishda ota-onalarning sabr-toqati, bagʻrikengligi va oila qonuniyatlarini erinmay tushuntirishlari ham juda muhim. Afsuski, bu borada kattalardan ham baʼzan xatoliklar oʻtib turadi.

Bobur nomli ovulda ikki kelinlik oilaning kichigi oʻqituvchi, kattasi uy bekasi edi. Qaynona muallima kelinni bozorga ergashtirib borib, yangi koʻylak olib bergan. Katta ke-linning menga-chi, - degan savoliga qaynona: "Sen uydasan, u ishlab, oylik olayapti”, - deb javob bergan. Bundan katta kelinning qaynonasidan koʻngli qolib, oila tinchligi buzilgan. Agar shu oʻrinda qaynona unga ovsining ishga boradi, shuning uchun unga kiyim zarurroq edi, senga ham imkoniyat tugʻilgan vaqt olarmiz, - deb yotigʻi bilan tushuntirganida, yuqoridagi koʻngilsizlik yuz bermagan, katta kelin ikki oy ota uyida yashab, oʻrtada norasida goʻdaklari dilgir boʻlishmasdi. Chunki qaynona nevaralarini jonidan ortiq suyub, ardoqlab parvarish qilarkanki, ular onasiga ergashmay, enasi bilan qolgan ekan. Endi bagʻridagi bolasini qayn uyida tashlab, ikki oy ota uyida yashagan kelinning ahvolini tasavvur qilib koʻrish qiyin emas.

Oddiygina koʻringan shugina bir muammo ham ikki oilaning maʼlum muddat tinchligini buzdi.

- Oʻylab koʻrib, turmush oʻrtogʻim, farzandlarim bilan kulib-oʻynab yashagan har bir kunim mingta koʻylakdan afzal ekanini tushunib yetdim. Biroq, sen ishlamaysan, deb enamning kamsitganidan dilim qattiq ogʻridi, - deydi katta kelin kulimsirab.

Bu nizoning oxiri baxayr boʻlganini, kelinning iqrorini eshitib, biz ham quvondik. "Beayb parvardigor, qaynona ham baʼzan nomaqbul soʻz aytib qoʻyishi mumkin, kechirimli boʻlib, ikkingiz ham yaxshi qilibsizlar”, - deya alqadik qaynona-kelinni. Axir qushning ham uyasi buzilmasin, - degan gap xalqimizning yillar sinovidan oʻtgan iborasi emasmi?

Adashganning aybi yoʻq, qaytib yoʻlini topsa. Qaniydi, hamma oilalarda ham xatoliklarning oxiri baxayr boʻlaversa, ajrim degan hukmga oʻrin qolmasa, begunoh norasidalar tirik etim boʻlib qolishmasa...

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019