Faol yoshlar – faxrimiz
Bugungi kunda taʼlim muassasalarida yosh avlodni bilimli, komil inson qilib tarbiyalash maqsadida har xil tadbirlar va bellashuvlar muntazam oʻtka-zilib borilmoqda.
2014-2015 oʻquv yilida bizning 22-sonli umumtaʼlim maktabimiz oʻquvchilari "Bilimlar bellashuvi” va fan olimpiadalarida faol ishtirok etishdi. Maktabimizning Mirzo Ulugʻbek nomidagi jamoasi "Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” nomli koʻrik-tanlovning tuman bosqichida faol ishtirok etishib, faxrli oʻrinni egallashga erishdilar
2015-yilning 27-28-may kunlarida oʻtkazilgan "Bilimlar bellashuvi”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida informatika fanidan 8B-sinf oʻquvchisi Nafisa Yoʻldosheva, frantsuz tili fanidan 7A-sinf oʻquvchisi Rayhon Bekmuratova faxrli 2-oʻrinni, tarix fanidan 6B-sinf oʻquvchisi Kumushoy Quvvatova 3-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Bu yutuqlar oʻquvchilar va oʻqituvchilarimizning tinimsiz mehnatlari samarasi hisoblanadi. Bunday tadbirlar albatta yosh avlodning kuchli bilimli va vataniga sadoqatli insonlar boʻlib yetishishiga zamin yaratadi.
Baxtiyor OʻTABOYeV, 22-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶