16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:12
Jamiyat 👁 5,233

“Biz yoshlar “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz!”

“Biz yoshlar “ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz!”

Kurrai zaminimizda umrguzaronlik qilayotgan jamiki millatlar, elatlarning oʻz yashash tarzi, amal qiluvchi qonunlari, oʻz urf-odatlari bor.

Turli dinga, irqqa mansub, oʻzlarining sigʻinar ilohlari mavjud jamiki xalqlar uchun bugungi kunda umumiy bir tashvish maydonga chiqdiki, u kun sayin aholining koʻproq qismini qamrab olayapti, xavfli jihatlari tobora yaqqolroq namoyon boʻlayapti. Bu – axborot sohasidagi globallashuvning salbiy taʼsiridir. Millionlab aholining, ayniqsa, yoshlarning internetga bogʻlanib qolayotgani, turli saytlarda maʼnaviy dunyomizni ilm ziyosi ila boyituvchi maʼlumotlardan tashqari zoʻravonlik, bosqinchilikni targʻib qiluvchi, millatchilik, pornografik mazmundagi maʼ-lumotlar ham bisyorki, bu nomaqbul axborotlar bugungi kunda nafaqat yoshlarni, hatto, katta yoshdagi kishilarni ham oʻz domiga tortmoqda.

Odatda biz dunyoning biron burchagidagi noxush voqea-hodisa haqida gazetalarda oʻqisak, yo televizorda koʻrsak, albatta, sergak tortamiz va sal oʻtmay, koʻnglimizga "falon yoqda-ku”, degan tasalli keladi, bizga daxli yoʻqday tuyuladi. Biroq bugungi kunda internet tarmoqlarida yoritilayotgan buzgʻunchi gʻoyalar, "Ommaviy madaniyat” targʻiboti, diniy-ekstremistik, terroristik gʻoyalar mamlakatimiz yoshlari uchun ham gʻoyat ulkan xatarlarni vujudga keltirayotgani bor gap.

Mutaxassislarning aniqlashicha, bugungi kunda dunyo aholisining 22 foizi ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishar ekan.

Faqatgina odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmogʻi kunlik auditoriyasining 20 foizini oʻzbekistonlik foydalanuvchilar tashkil etar ekan. "Oila davrasida” gazetasining oʻtgan haftadagi sonida yoritilgan, mana shu sayt zarafshonlik bir insonning oʻlimiga sabab boʻlganligi haqidagi xabarni oʻqigan odamning koʻnglidagi xavotiri battar oshishi, mazkur sayt kunlik auditoriyasining 20 foizini egallayotgan yurtdoshlarimizning hayotiga ham oʻz salbiy taʼsirini oʻtkazmasmikan? – degan oʻy qalbida oʻrnashib olishi shubhasiz.

Ha, bugungi globallashuv jarayoni, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarining tezkor taraqqiyoti hayotimizda oʻzining ham ijobiy, ham salbiy qirralari bilan namoyon boʻlmoqda.

Ana shunday murakkab vaziyatda yosh avlod qalbida bularni yetarlicha tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish, ularni asrlar sinovidan oʻtgan, boy maʼnaviy merosimiz, xalqimizning oʻzigagina xos boʻlgan milliy urf-odatlari, anʼanalari, qadriyatlari asosida tarbiyalash, intellektual salohiyati yuksak, qobiliyatli va ilm olishga, oʻrganishga ishtiyoqi baland, bu borada maʼlum yutuqlarga erishgan yoshlarni ularga namuna qilib koʻrsatish, ulardan oʻrnak olishga undash orqali yoshlarimizni faol va intiluvchan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

"Mening oilam” gazetasi ijodkorlari va "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorlikda globallashuv jarayonida yoshlarni yot gʻoyalardan asrash, ularni jismoniy, maʼnaviy jihatdan sogʻlom, chuqur bilimli va zamonaviy bilimlar egasi qilib tarbiyalashga hissa qoʻshish maqsadida qator tadbirlar oʻtkazmoqda.

Shu yilning 4 iyunida tuman hokimligida tumanimizda faoliyat koʻrsatayotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va Amudaryo akademik litseyi faol oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan "Biz yoshlar "ommaviy madaniyat” va mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz” nomli davra suhbati ham ana shu maqsadga qaratildi.

Davra suhbatiga oʻquvchi-yoshlardan tashqari Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan tuman Kengashi deputatlari Adilboy Yusupov, Ravshan Xolmurodov va partiya faoli Rustam Rajabov, "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsapoyevlar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida yoshlar bildirgan fikr-mulohazalar ular qalbida har qanday mafkuraviy tahdidlarga, "ommaviy madaniyat” aqidalariga qarshi mustahkam va sobit maʼnaviy immunitet shakllanayotganini koʻrsatdi. Ayniqsa, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi Sevara Ibrohimova, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻquvchisi Husan Yoʻldoshev, Iqtisodiyot kolleji oʻquvchilari Aziza Madrahimova, Oltinoy Oʻrinboyevalarning bu boradagi tushunchalari teran ekanligi namoyon boʻldi.

Davra suhbatida "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsapoyev, tuman kengashi deputatlari A.Yusupov, R.Xolmurodovlar mavzu doirasidagi mulohazalarini bildirib, oʻquvchi-yoshlarning bu boradagi bilimlarini yanada boyitdilar.

"Biz har qanday mafkuraviy tahdidlarga qarshimiz. Bizning oʻz tanlagan yoʻlimiz bor: bu - avvalo ilm, kasb-hunar sirlarini mukammal egallab, bizni koʻzi qorachigʻida asrab-avaylab ulgʻaytirgan, oʻqitib kamolga yetkazgan ota-onamizga, Vatanimizga xizmat qilish!”

Davra suhbati ishtirokchilari boʻlgan yoshlarning bu iqrori bizni juda sevintirdi, Vatanimiz koriga yaraydigan barkamol avlod kamolga yetayotganidan qalblarimiz iftixorga toʻldi.

Oygul RAJABOVA, Mahmudjon ShOMURODOV, "Mening oilam” gazetasi maxsus muxbirlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026