16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:22
Siyosat 👁 428

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan huquqiy asoslar keng tushuntirildi

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan huquqiy asoslar keng tushuntirildi

6-may kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tuman tadbirkorlari bilan deputatlar uchrashuvi tashkil etildi. Unda Qoraqalpogʻistondagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan joriy etilgan imtiyozlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi hamda tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, murojaat va muammolari tinglandi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Amudaryo tumanidan saylangan deputatlar Sanobar Xoʻjamurodova, Anvar Xolimbetov, Ilhom Polvonov, Gʻulomjon Yeshniyozov, Alimbay Atabayev va Quvonchboy Boymurodovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, hokim yordamchilari, mahalliy tadbirkorlar hamda masʼul mutasaddilar ham yigʻilishda qatnashdilar.

Deputatlar tomonidan tadbirda ishbilarmonlarga berilayotgan huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar, ularni amaliy hayotga tatbiq etish mexanizmlari, shuningdek, mavjud imtiyozlardan samarali foydalanish yoʻllari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Xususan, deputatlar Sanobar Xoʻjamurodova, Gʻulomjon Yeshniyozov va Ilhom Polvonovlar oʻz maʼruzalarida tadbirkorlarga amaldagi hujjatlar bilan berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtdilar. Taʼkidlanganidek, koʻpgina tadbirkorlar ushbu imtiyozlardan toʻliq foydalanish imkoniga ega boʻlsa-da, maʼlum sabablarga koʻra, ulardan xabardor emas yoki toʻgʻri foydalana olmayapti. Bu esa hududdagi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga toʻsqinlik qilmoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan bir qator muhim Farmon va Qarorlarda nazarda tutilgan imtiyozlar mazmunini atroflicha tushuntirildi. Xususan, 2022-yil 31-avgustdagi Prezident Farmoniga asosan, 2028-yil 1-yanvargacha Nukus shahridan tashqari barcha hududlarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk va yer soliqlari stavkalari ikki barobar kamaytirilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida toʻlanadi.

Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari elektron auktsion orqali 50 foizga kamaytirilgan boshlangʻich baholarda savdoga chiqarilishi, bu esa tadbirkorlarga yer resurslariga ega boʻlishni osonlashtirishi qayd etildi.

2023-yil 8-avgustda qabul qilingan Farmonga muvofiq, kichik va yoshlar sanoat zonalarida investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlarga yer uchastkalari, binolar xususiylashtirib berilishi mumkin. Bu orqali yoshlar va yangi biznes subʼektlari oʻz faoliyatini barqaror rivojlantirish imkoniga ega boʻlmoqda.

Shu bilan birga, davlat mulki hisoblangan binolar 3 oy davomida sotilmagan taqdirda, ular elektron tanlov orqali eng yaxshi taklif bildirgan talabgorga investitsiya kiritish majburiyati bilan berilishi belgilangani ham tadbirkorlar uchun katta imkoniyatdir.

2020-yil 11-noyabrdagi Prezident qaroriga asosan, Qoraqalpogʻistondagi ogʻir sharoitdagi 45 mahallada xizmat koʻrsatish sohasida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subʼektlari 2026-yil 1-yanvargacha bir qator soliqlardan – foyda, yer, mol-mulk, aylanma va yakka tartibdagi daromad soligʻidan ozod etilgan. Bu kabi yengilliklar ishsizlikni kamaytirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadamdir.

2022-yil 30-maydagi qarorga koʻra, Qoraqalpogʻiston hududidagi boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼektlarini 2027-yil 1-yanvargacha boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilish imkoni mavjud. Shuningdek, 3 oy ichida toʻlov toʻliq amalga oshirilganda, narxning 25 foizigacha chegirma berilishi ham nazarda tutilgan. Bu esa tadbirkorlarni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashning samarali usuli hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-maydagi Qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻistonda uch yulduzli toifaga oʻtkaziladigan mehmonxonalarning har bir xonasi uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash fondi hisobidan 20 million soʻm miqdorida subsidiya ajratilishi belgilangan.

Muloqot davomida tadbirkorlar nafaqat qonuniy imtiyozlar toʻgʻrisida aniq va ishonchli maʼlumotlarga ega boʻldilar, balki oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar ham olishdi. Tadbir davomida koʻplab tadbirkorlar tomonidan amaliy takliflar berildi va ularning ijobiy hal etilishiga eʼtibor qaratildi. Deputatlar va mutasaddilar har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, huquqiy tushuntirishlar berdi va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tavsiyalar taqdim etdilar.

Aytish mumkinki, mazkur uchrashuv Qoraqalpogʻistonda tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida aniq va manzilli axborot yetkazish, muhokamalar orqali amaliy yechimlar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu tashabbuslar mahalliy ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiy faollikni oshirish va hududiy taraqqiyotga hissa qoʻshishda katta zamin yaratadi.

Shohzod Qurbonboyev.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026