16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 20:13
Jamiyat 👁 2,393

YuRIDIK XIZMAT: AMALIYoT VA MUAMMOLAR

YuRIDIK XIZMAT: AMALIYoT VA MUAMMOLAR

Huquqiy demokratik davlat barpo etishda, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligini taʼminlashda hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni taʼminlashda, shuningdek meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini yaxshilashda yuridik xizmat muhim oʻrin tutadi.

Taʼkidlash lozimki, davlat organining yuridik xizmati deganda, davlat organining faoliyatini huquqiy taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy boʻlinma yoki lavozim tushuniladi.

Yuridik xizmatning yana bir muhim xususiyatlaridan biri bu, uning bevosita davlat organining rahbariga boʻysunishida koʻrinadi.

Tashkilotlarning yuridik xizmati yuridik departamenti, yuridik boshqarma, yuridik boʻlim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsult boʻlishi mumkin.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik maʼlumotiga ega boʻlgan shaxs ishlashi mumkin. Yuridik xizmati boshligʻi lavozimiga ega, oliy yuridik maʼlumotidan tashqari, kamida ikki yillik yuridik xizmat xodimi ish stajiga ega boʻlishi talab etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq tashkilotlarning yuridik xizmatlari xodimlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlarida har besh yilda bir marta attestatsiyadan oʻtishi shart. Yuridik xizmat xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida attestatsiyadan oʻtishlari kerak.

Bundan tashqari, qayd etib oʻtilgan Nizomga koʻra, yuridik xizmatlar xodimlari har besh yilda kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasini oshirishi lozim.

Taʼkidlash lozimki, yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda adliya organlari muhim oʻrin tutadi.

Amaliyot shuni koʻrsatadiki, kuchli huquqiy davlat barpo etish yoʻlidan borayotgan respublikamizdagi ayrim davlat organlari va ularning tizimida huquqiy ishlar hajmi keng koʻlamda boʻlsa-da, ular faoliyatida qonuniylikni taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmagan. Yaʼni, ularda huquqiy ishlarning asosiy tashkilotchisi boʻlgan yuridik xizmatning umuman mavjud emasligi aniqlandi.

Shu maqsadda bugungi kunda imkon qadar davlat boshqaruvi organlari va ularning hududiy boʻlinmalarining barchasida yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish maqsadga muvofiq.

Bundan tashqari, barcha tashkilotlarda ham yuridik xizmat faoliyatini yaxshilash, ularga zarur shart-sharoit yaratib berish, ularni oʻz vaqida attestatsiyadan oʻtkazish va malakasini oshirish choralarini koʻrish ishlari lozim darajada taʼminlanayapti, deb boʻlmaydi. Bu oʻz navbatida, tegishli tashkilot rahbarlarining bu sohaga ikkinchi darajali ish sifatida qarayotganligini koʻrsatadi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, yuridik xizmatning qonuniy tartibda faoliyat yuritishi mamalakatimizda huquqiy demokratik davlatni barpo etish va uni rivojlantirishga, fuqarolik jamiyatini toʻlaqonli tarzda shakllantirishga, milliy qonunchilik tizimini takomillashtirishga va tashkilotlar xodimlarining huquqiy bilimlari va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

N.YuLDAShEV,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil shoʻʼbasi boshligʻi, 3-darajali adliya maslahatchisi.

(Foto - http://www.adolatgzt.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026