14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 17:26
Jamiyat 👁 2,742

HOFIZ XOTIRASIGA BAGʻIShLANDI

HOFIZ XOTIRASIGA BAGʻIShLANDI

Yaxshining yodi oʻchmaydi, deyishadi. Ha, chindan ham el-yurtga beminnat xizmat qilgan, oʻzini shu el farzandi, deb bilgan insonlar yodi asrlar osha yashayveradi. Sanʼatsevar amudaryoliklar xotirasida mumtoz qoʻshiqlari bilan yashayotgan Nazir qori Rahimov ham shundaylardan biridir. 30-aprel kuni tumanimiz madaniyat uyida mashhur hofiz Nazir qori Rahimov xotirasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga tumanimizdagi sanʼatkorlar, hurmatli hofizning muxlislari, shuningdek Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlaridan kelgan mehmonlar qatnashdilar.

Tadbirni Nazir qori Rahimovning shogirdlaridan Gulmirza Nurmatov kirish nutqi bilan ochdi va tadbirni olib borishni OybekBegimovga topshirdi. Taniqli hofiz bilan zamondosh boʻlgan, birga ijod qilgan sanʼatkorlar, hamsuhbat boʻlgan mehmonlar hofizning serqirra ijodi, uning oʻzbek qoʻshiqchiligiga qoʻshgan bebaho hissasi hamda insoniy fazilatlari haqida soʻzlab berdilar. Qodirbergan xoji Jumamurodov Nazir qori haqidagi xotiralarini soʻzlar ekan, bu tadbirni tashkil qilgan tuman madaniyat boʻlimi xodimlariga minnatdorchilik bildirgani holda elimizda boshqa sohalarda faoliyat yurgizib, xalqimizga halol xizmat qilgan, izzat-hurmatga loyiq kishilar koʻpligini, ularni ham eʼzozlashimiz kerakligini aytib oʻtdi.

Toʻrtkoʻllik mehmon, yozuvchi, stsenarist, rejissyor va shoir, Toʻrtkoʻl televideniyasi tashkilotchisi, hozirgi kundagi rahbari Muhammadsoli Masharipov otash nafas hofiz Otajon Xudoyshukurov

bilan birgalikda Nazir qori Rahimovnikiga kelganliklari, hofizning ularga koʻrsatgan mehmondoʻstligi, repertuaridagi ashulalardan Otajon Xudoyshukurovga oʻrgatgani, Otajon hofizning Nazir qori Rahimovni ustoz, deb bilganligi haqida soʻzladi.

Ellikqalʼa tumani madaniyat va aholi dam olish markazi rahbari Hojiboy Sotliqov ham hofiz haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Yana bir mehmon Ellikqalʼa tumani "Saribiy” ashula va raqs ansambli rahbari Sarsenbay Ollashev oʻzining dilrabo ashulasi bilan qatnashchilarni xushnud etdi.

Tumanimiz sanʼatkorlaridan keksa hofizimiz Toʻliboy Yoʻldoshev, uning qizi, shovotlik xonanda Zulfiya Yoʻldosheva, Bahodir Rajabov, Nuraddin Yoqubov va yana koʻplab yosh xonandalar hofiz repertuaridan qoʻshiqlar kuylab berdilar. Toʻrtkoʻllik va Ellikqalʼalik mehmonlar tumanimiz yosh xonandalari ijodiga yuqori baho berdilar.

Tadbirning yana bir ahamiyatli tomoni shu boʻldiki, zalga yigʻilgan turli sohaga mansub, turli yoshdagi mehmonlarning hofiz ijodiga hurmati tumanimizda sanʼatga qiziqish kuchli ekanligini namoyon etdi.

Nazir qorini eslab...

Toʻymi yo biror anjuman, kelibdi Nazir qori deb,

Bunday xushnafas hofizning barcha muxlislar zori deb,

Koʻngilni sel qilar ovoz hamda sayragan tori deb,

Qoʻshiqlardan yayrab koʻngil, rohat qilardi jonimiz,

Noyob isteʼdod edilar, ul jonajon xushxonimiz.

U kuylasa, nolasidan tinglagan barcha lol edi,

Xonish qilsa qay davrada, barida shu ahvol edi,

Qay xislatin aytayin men, bir sohibi kamol edi,

Afsus, erta qildi rihlat, shunda erur armonimiz,

Oʻzbek elining bulbuli, ul jonajon xushxonimiz.

Suhbatiga tashna boʻlgan Hojixonlar-u Komiljon,

Ustozim, derdi Otajon - ul bulbuli mulki Turon,

Gʻoyibona ustoz bilar koʻplab xonandalar hamon,

Bundayin ulugʻ ajdodlar sharaf erur ham shonimiz,

Faxr bizga ham iftixor, ul jonajon xushxonimiz.

Ustoz ishi qilar davom, endilikda shogirdlar bosh,

Endi oʻzi ustoz Mirza, Anvar, Toʻliboy va Yoʻldosh.

Murod, Umirbek, Azamat - sanasang boʻlmaydi adosh –

Iqtidorli yoshlar koʻpdir – demak, koʻpdir imkonimiz,

Qoʻshiqlarda yashar endi ul jonajon xushxonimiz.

Ahmad NAFASOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019