Ayollar muammolarini hal qilishdagi asosiy vazifalar yuzasidan seminar boʻlib oʻtdi
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida mahallalarda xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini sifatli tashkil etish boʻyicha “Mahalla yettiligi” oldida turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Maryam Ahmedova, Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan vakil Bahodir Sultanov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari hamda “Mahalla yettiligi” aʼzolari ishtirok etdi.
Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyati hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 833-sonli qarori hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024-yil 23-dekabrdagi maxsus bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, mahallalardagi xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va 6-bosqich “Ayollar daftari”ni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida soʻz yuritildi.
Seminarda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda bandligini taʼminlash, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, gender tengligi masalalarida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilganligi xususida soʻz yuritdilar.
Taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan bu boradagi ishlarga alohida eʼtibor qaratilib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar qator hujjatlar bilan mustahkamlab qoʻyildi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori hamda “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarorlari bu boradagi amaliy ishlarda muhim dasturulamal boʻlmoqda.
Seminar ishtirokchilari “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini samarali amalga oshirishda “Mahalla yettiligi”ning roli va vazifalari, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal qilish uchun qanday choralar koʻrish kerakligi yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.
Ushbu seminar “Mahalla yettiligi” aʼzolarining xotin-qizlar bilan ishlash brasidagi oʻrni va vazifalarini tushunishga, ularning muammolarini hal qilishda faol ishtirok etishiga turtki boʻlib xizmat qiladi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶