MEHNAT QONUNChILIGIGA OID OʻQUV-SEMINAR
23-aprel kuni tuman XTMFMTTE boʻlimi maʼmuriy binosida Xalqaro Mehnat Tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalarining amalda qoʻllanilishi, korxonalarda mehnat munosabatlarini tartibga solish, ishlovchilarning mehnat sohasidagi huquqlarini taʼminlash boʻyicha ish beruvchilar va ularning vakillarining bilim va tajribalarini oshirishga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi.
Oʻquv-seminarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkiloti birlashmasi Kengashi raisi U.Jalmenov ochdi va boshqarib bordi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi yetakchisi M.Doniyorov "Xalqaro Mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashining tashkilotchilik ishlari boʻlimi yetakchisi G.Ilmurodova "Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilgan monitoring”, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi huquq boʻlimi yetakchisi P.Tursunov "Xalqaro Mehnat tashkilotining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konventsiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida aks etishi” mavzularida maʼruzalar qildilar.
Ishtirokchilar ulardan mavzular doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶