"Prezident archasi" tadbiri boʻlib oʻtdi
Har yili anʼanaviy tarzda joylarda "Prezident archasi" bayram tadbirlari oʻtkazilib kelinadi. Yangi yil shukuhi kezib yurgan bir paytda ushbu tadbirlar bolajonlar qalbiga olam-olam quvonch olib kiradi. Boisi, tadbirlar davomida turli xil bayram tomoshalari uyushtirilib, bolajonlarga "Prezident sovgʻasi" ulashiladi.
25-dekabr kuni tuman Madaniyat boʻlimi binosida "Prezident archasi" bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosarlari, sektorlar rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, maktablardan tashrif buyurgan bolajonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Dastlab, Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Fahriddin Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Shundan soʻng, bayram tomoshalari boshlandi. Tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qoʻshiqlar va raqslar bayramga chinakam ruh bagʻishladi. Ayniqsa, tuman Madaniyat uyi xodimlari tomonidan sahnalashtirilgan "Zumrad va Qimmat" ertagi yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir soʻngida tumandagi kam taʼminlangan oilalar farzandlariga, shuningdek, bayramga tashrif buyurgan maktab oʻquvchilariga, aziz bolajonlarga Prezident sovgʻalari ulashildi.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶