14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:27
Jamiyat 👁 279

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tashkil etilmoqda

Bugun atrof-muhit musaffoligini taʼminlash va ekologik vaziyatni yaxshilash dunyoning barcha davlatlarida eng dolzarb masalaga aylangani hech birimizga sir emas. Sababi, havo va suvning ifloslanishi, choʻllanish, global isish tabiiy muvozanatga va odamlar sogʻligʻiga zarar yetkazmoqda.

Yurtimizda bu kabi salbiy holatlarning oldini olish hamda oqibatlarini yumshatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bundan 3-yil oldin boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugun chinakam xalq harakatiga aylandi. Har yili bahor va kuzda daraxt koʻchatlari ekish ishlari tizimli ravishda tashkil qilinmoqda. Tabiatni asrab-avaylash va himoya qilish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida mazkur loyiha muhim qadam boʻldi, desak aslo mubolagʻa emas.

Amudaryo tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tashabbusi bilan tumanning Beshtom mahallasi hududida katta maydonda bogʻ barpo qilinmoqda. Bogʻ uchun moʻljallangan maydon obodonlashtirilib, yerni koʻchat ekishga tayyorlash ishlari sifatli amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda hokim oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, 49ta ovul va mahallalar “yettiligi” aʼzolari faol qatnashib, bogʻ barpo qilish uchun ajratilgan maydonda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshmoqdalar. Jamoatchilik yordami bilan bogʻ yaratish uchun ajratilgan ekin maydoni, ariqlar ichi begona oʻtlardan tozalanib, ekin yerlarni haydash ishlari sifatli amalga oshirilmoqda. Yurt obodligiga hissa qoʻshishdek xayrli ishda barcha masʼullar faollik koʻrsatib, tashkilotchilik va oʻzaro hamjihatlikda ishlarni sifatli bajarmoqdalar.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, 26-noyabr holatiga tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 270 mingga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan. Ayni kunlarda koʻchat ekish ishlari tegishli korxona-tashkilotlar, muassasalarga ajratib berilgan hududlarda izchillik bilan davom ettirilmoqda. Masʼullar faqat daraxt ekibgina qolmay, balki kelgusida ekilgan daraxtlarni parvarish qilishga ham alohida eʼtibor qaratishni zimmalariga olishgan.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz shaharlarini aholiga qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud boʻlgan hududga aylantirish, ularning koʻkalamzorlashtirish darajasini yanada oshirish, shahar va tumanlarda “jamoat parklari”ni tashkil etish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun sharoit yaratish zimmamizdagi masʼuliyatli vazifamizdir. Bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak, kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Shunday ekan, yer va suv resurslarini, tabiatni, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻlar, yashil maydonlar yaratishga hissa qoʻshish har birimizning insoniy burchimizga aylanmogʻi kerak.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019