"Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi köçat ekiş tadbirlarida deputatlar, mahalla faollari, keng jamoatçilik vakillari uyuşqoqlik bilan iştirok etişmoqda
Bugungi kunda dunyo miqyosida ekologik falokatlar tobora keng quloç yozib, baʼzi hududlarda insoniyat, ösimlik va hayvonot dunyosi uçun xatarli körinişga yaqinlaşmoqda. Havoning ifloslanişi, ozon qatlamining yemirilişi, global isiş, çöllaniş, dengiz va daryolarning ifloslanişi kabi muammolar şular jumlasidandir. Bu falokatlarning asosiy sababçisi ham insondir. Daraxtlarning ommaviy kesilişi, zavod va fabrikalardan, avtomobillardan çiqadigan zararli gazlar miqdorining muttasil ortib borişi va boşqa salbiy holatlar aynan insoniyatning tabiat va atrof-muhitga nisbatan befarqligi natijasida kelib çiqmoqda.
Ekologik muammolarni hal qiliş va uning salbiy oqibatlarini yumşatiş, oldini oliş uçun esa tabiat bilan hamohang yaşaş nihoyatda muhimdir. Şu nuqtai nazardan yaşil maydonlarni köpaytiriş va daraxtlar ekiş tabiatni asraşda juda katta ahamiyatga ega. Sababi, daraxtlar havoni zararli gazlardan tozalaydi, iqlimni yumşatadi, tuproq eroziyasining oldini oladi va insonlarga soğlom muhit yaratadi.
Özbekistonda ekologik muammolarni hal qiliş va atrof-muhit musaffoligini asraş maqsadida 2021-yildan boşlab “Yaşil makon” umummilliy loyihasi amalga oşirila boşlandi. Bu loyiha doirasida har yili millionlab tup daraxt va butalar köçatlari ekilmoqda. Hududlarni kökalamzorlaştiriş, yangi boğlar va yaşil maydonlar yaratiş orqali ekologik barqarorlikni taʼminlaşga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Joriy yilda ham “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş va kökalamzorlaştiriş işlari uyuşqoqlik bilan davom ettirilmoqda. Loyiha doirasida Amudaryo tumanining Çoyköl ovuli hududida – fuqarolar yiğini binosi yonida ham mahalla tizimi faollari, fuqarolar yiğinlari raislari va masʼullari hamda “Mahalla yettiliklari” iştirokida köçat ekiş tadbiri bölib ötdi. Yaxşi niyatlar bilan fuqarolar yiğini binosi qoşidagi boğga daraxt köçatlarini ekkan faollar kelgusida bu hudud yaşil maskanga aylanişini, mevali daraxtlar hosili va manzarali butalarning soyasidan köplab insonlar bahramand bölişini tilab, duoga qöl oçdilar.
“Yaşil makon” umumilliy loyihasi doirasida tumanning Farovon mahallasi hududida joylaşgan oçiq maydonga ham xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari hamda siyosiy partiyalar faollari tomonidan köçatlar ötqazildi.
Darhaqiqat, kuz fasli daraxt köçatlarini ekiş uçun eng maqbul vaqtlardan biri hisoblanadi. Bu davrda havo namligi yuqori, yer qovuşoq böladi va yomğirlar köçatlarning ildiz otişiga yordam beradi. Köçatlarni kuzda ekiş uçun oktyabr va noyabr oylari eng qulay davr hisoblanadi. Bu vaqtda tuproq nam va unda issiqlik möʼtadil böladi.
Tumanning boşqa hududlarida ham iqlim va tuproq şaroitiga mos keladigan daraxt turlarini ekişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Manğit şahridagi Gulzor mahallasi ahli ham köçat ekiş va yaşil maskanlarni barpo qiliş işlariga uyuşqoqlik bilan kirişganlar. Mahalla faollari, köçaboşçi ayollar va nuroniy otaxonlar hamda onaxonlar haşarga çiqib, ezgu niyatlar bilan mahalla fuqarolar yiğini binosi yaqinida barpo qilinayotgan yangi boğga mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekdilar.
Özbek xalqining boy madaniy merosi va urf-odatlari özida tabiatga bölgan alohida hurmat va eʼtiborni aks ettiradi. Bu qadriyatlar orasida daraxt ekiş anʼanasi ham bor bölib, u tabiatni asraş va kelajak avlodga munosib muhit qoldiriş ğoyasiga asoslangan. Köçat ekiş faqatgina ekologik ahamiyatga ega iş emas, balki bu xalqimiz maʼnaviyati va maʼrifatining ham ajralmas qismidir. Tarixdan maʼlumki, ajdodlarimiz boğ va mevali daraxtzorlar yaratiş orqali nafaqat tabiatga hurmat körsatgan, balki uni milliy qadriyat darajasiga kötargan. Har bir ota-ona farzandi tuğilişi bilan unga atab kamida 40 tup daraxt ekkan. Ekilgan daraxtlar bir neça avlodlarga öz mevasi va soyasi bilan manfaat keltirgan. Muqaddas islom dinimizda ham daraxt ekiş xayru-saxovatning muhim körinişi sifatida baholanadi. Hadislarda: “Kimki daraxt ekadigan bölsa, uning mevalaridan nafaqat odamlar, balki quşlar va jonivorlar foydalansa, bundan daraxt ekkan odamga savob yoziladi”, degan mazmunda rivoyatlar bor.
Köçat ekiş nafaqat milliy qadriyatimiz, balki har bir insonning jamiyat va tabiat oldidagi burçidir. Keling, ajdodlarimiz anʼanasini davom ettiraylik va kelajak uçun yaşil makon yaratişda faol iştirok etaylik! Har birimiz öz hududimizda daraxt ekib “Yaşil makon” umummilliy aktsiyasi doirasida faol iştirok etaylik, kelajak avlod uçun soğlom muhit yaraylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶