22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 05:22
Jamiyat 👁 316

55-SONLI MAKTABDA YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

55-SONLI MAKTABDA YoNGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI DOIRASIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Kundalik turmushda binoni isitish maqsadida tabiiy gaz, koʻmir va boshqa yoqilgʻi mahsulotlaridan keng foydalaniladi. Kuzgi-qishki mavsumda yoqilgʻi mahsulotlariga boʻlgan talab va ehtiyoj yanada ortadi. Bu jarayonda har bir fuqarodan yongʻin xavfsizligi qoidalariga puxta amal qilish, mavjud qoidalarga eʼtiborli boʻlish talab etiladi. Chunki salgina loqaydlik nafaqat kichik koʻngilsizliklarga, balki juda katta talafotlarga, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan, butun umr tuzatib boʻlmas darajadagi kuyish bilan bogʻliq nogironliklarga, hatto yoʻqotishlarga olib kelishi mumkin.

Shuni alohida qayd etish kerakki, aholining asosiy qismi yongʻin xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlariga qaramasdan, salgina eʼtiborsizliklari tufayli ayrim holatlarda oʻz xonadonlarida yongʻin chiqishiga oʻzlari sababchi boʻlishmoqda. Bunday holatlar asosan tabiiy gaz quvurlariga gaz plitalarini oʻzboshimchalik bilan, taqiqlangan rezina shlanglar orqali yongʻin xavfsizligiga zid ravishda ulab foydalanish sababli yuz bermoqda. Natijada ana shunday beparvo fuqarolar aybi tufayli kelib chiqqan yongʻinlar oqibatida koʻplab xonadonlar jiddiy zarar koʻrmoqda. Bu esa oila aʼzolarining moddiy zarar koʻrib, kuyish bilan bogʻliq tan jarohatlari olishlariga sabab boʻlmoqda.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi yigʻilishining 2024-yil 30-oktyabrdagi 2-son bayoniga muvofiq yurtimizda 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlgan davrda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” ana shunday noxush holatlarning oldini olishga qaratilgani bilan juda katta ahamiyatga ega.

Ayni kunlarda Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan oylik doirasida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha aholining bilim va koʻnikmalarini oshirish, uy-joy fondini yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirish maqsadida oʻquv seminarlari, maxsus taktik-oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Oylik doirasida tumanning Oybek nomli mahallasi hududidagi 55-sonli maktabda oʻqituvchi va oʻquvchilar ishtirokida favqulodda vaziyatlarning hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarning oldini olish boʻyicha koʻrgazmali vositalar asosida profilaktik uchrashuv oʻtkazilib, ishtirokchilarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga doir tavsiyanomalar, zarur tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida yongʻinlarning kelib chiqish sabablari, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq holatlarda harakatlanish boʻyicha koʻrgazmali vositalar asosidagi maʼlumotlar ham taqdim etilib, bu boradagi ishtirokchilar tomonidan tushgan savollarga masʼullar atroflicha, keng turda tushunchalar ham berdilar.

Xonadonlarda yongʻin kelib chiqmasligi, qolaversa, butun umr mehnat qilib bunyod etilgan imoratlar yongʻin tufayli yaroqsiz holga kelib qolmasligi, bundan ham muhimi, oʻzimiz va oila aʼzolarimizning salomatligimiz, tinch-osoyishtaligimizni taʼminlash, eng avvalo, har bir insonning oʻziga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilishlariga bogʻliq.

Shunday ekan, qadrli yurtdoshlar, fuqarolar, idora va tashkilotlar rahbarlari, oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi”da faol ishtirok etib, yongʻin hamda boshqa favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish boʻyicha bilim va koʻnikmalaringizni oshirib borishingizni iltimos qilamiz.

Amudaryo tumani FVB.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026