17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:52
Jamiyat 👁 457

55-sonli maktabda “Uch avlod uchrashuvi” nomli tadbir oʻtkazildi

55-sonli maktabda “Uch avlod uchrashuvi” nomli tadbir oʻtkazildi

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Keksalar – xonadonlarimiz farishtalari” kabi hikmatlar ham bejizga yaratilmagan. Chunki katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizning oʻgit va nasihatlari, ularning duolari biz hayotda erishayotgan muvaffaqiyatlarimizning ilhomchisidir. Shu bois, pir-u badavlat otaxon va onaxonlarimiz hamisha xalqimiz hamda davlatimiz eʼzozida.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan har yilning noyabr oyi yurtimizda “Keksalar uchun turizm oyligi” sifatida belgilangan.

Oylik doirasida keksa va nogironlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli ijtimoiy loyihalar amalga oshiriladi, mamlakatimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtiriladi. Oylik davomida mamlakatimizdagi barcha tuman va shaharlardagi masʼullar ishtirokida sayohat qilish istagini bildirgan keksalar va nogironlar roʻyxatlari shakllantirilib, ularning mazmunli sayohat qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bundan tashqari, ovul va mahallalarda, jamoat tashkilotlari hamda taʼlim-tarbiya muassasalarida koʻpni koʻrgan nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari tashkil etilib, unda yuzlab yoshlarning ishtiroki taʼminlanayotgani barchaga manzur boʻlmoqda.

Joriy yilning 14-noyabr sanasida Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 55-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat”, “Qahramonlar xotirasi mangudir” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zokirjon Saʼdullayev, Mudofaa Vazirligi faxriylari Endirboy Oʻrozboyev, Ilhom Yerdashev, Milliy gvardiya xodimi Nurlan Oʻrozboyev, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Amudaryo tumani boʻlimi aʼzolari Mambatsoliy Abdullayev, Ozod Xoʻjaniyozov, Qadamboy Erimbetov, Anvar Qoʻshboyev, 55-sonli maktabning chaqiriqqa qadar boshlangʻich taʼlim rahbari Nurbek Oʻrozboyevlar hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda Mudofaa Vazirligi faxriylari Ilhom Yerdoshev va Endirboy Oʻrozboyevlar oʻzlarining jangovor harbiy xizmat davrlari, ona Vatan sarhadlarini himoya qilishdagi safdoshlarining mardlik va jasoratlari, shuningdek, Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbning masʼuliyati xususida soʻz yuritib, Milliy Armiyamizning kuch va salohiyati toʻgʻrisidagi oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga ham javob berdilar.

Tadbirning “Qahramonlar xotirasi mangudir” deb nomlangan qismida oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasining Amudaryo tuman boʻlimi aʼzolari – sobiq Afgʻoniston urushi ishtirokchilari bilan dildan suhbat qurdilar.

Bundan 35-40-yil avval Afgʻoniston davlati hududida kechgan ayovsiz janglarda qahramonlik va mardlik namunalarini koʻrsatgan faxriy jangchilar bugun nuroniy yoshga yetishgan. Ular ayni paytda keksalik gashtini surayotgan boʻlishsalar-da, hamisha yoshlar davrasida, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlari orqali yosh avlodni Istiqlol gʻoyalariga, milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga daʼvat etib kelishadi.

Mazkur tadbirda ham sobiq faxriy-jangchilar Afgʻon urushida shahid ketgan amudaryolik qahramon yurtdoshlarimiz bilan bogʻliq xotiralari haqida yoshlarga soʻzlab berdilar. Shu bilan birga bugungi tinch-farovon hayotning qadriga yetish, Ona Vatanga munosib, bilimli, yuksak maʼnaviyatli insonlar sifatida kamol topishga intilib yashash har bir yoshning zimmasidagi burch va masʼuliyati ekanligini taʼkidladilar.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar nuroniy otaxonlarning oʻgit va nasihatlari, ularning jangovor faoliyatlari oʻzlari uchun ibrat va namuna boʻlajagini taʼkidladilar.

Samimiy ruhda, nuroniylar bilan dildan suhbat tarzida oʻtgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri oʻzining maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026