Tuman Prokuraturasi xodimlari Ayoqchi va Arna boʻyi mahallalarida boʻlib, otaliqqa olingan yoshlar muammolarini oʻrgandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurollik Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni oʻtkazilgan Xafsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga respublika miqyosida 4 million nafar yoshlar otaliqqa birikirilgan edi. Jumladan, hududlardagi 1-sektor boʻyicha Mudofaa vazirligi, 2-sektor boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Prokuratura organlari, 3-sektor boʻyicha Ichki ishlar vazirligi hamda 4-sektor boʻyicha Adliya vazirligi va Milliy gvardiya masʼullariga oʻzlariga biriktirilgan uyushmagan yoshlar oʻrtasida samarali profilaktik ishlarni tashkil etish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sogʻlom turmush tarzida hayot kechirishiga koʻmaklashish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha qoʻshimcha vazifalar yuklatilgan edi.
Amudaryo tumani Prokuraturasi tomonidan tumanning 2-sektori hududidagi 9ta mahallalarda yashovchi 3 ming 313 nafar yoshlar otaliqqa olingan boʻlib, shulardan ogʻir toifadagi yoshlar 84 nafarni, ishsiz yoshlar esa 303 nafarni tashkil qiladi.
Otaliqqa olingan ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida prokuratura xodimlari tegishli tashkilotlar mutasaddilari bilan birgalikda amaliy chora-tadbirlarni koʻrmoqdalar. Jumladan, subsidiyalar ajratish orqali yoshlar uchun daromad manbaini yaratish, mehnat yarmarkalari oʻtkazish orqali ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda prokuratura xodimlari Ayoqchi va Arna boʻyi mahallalarida boʻlib, otaliqqa olingan yoshlar bilan yaqindan suhbatlashdi. Yer berish orqali bandligi taʼminlangan yoshlar bilan uchrashuv chogʻida ularni qiynab kelayotgan muammolar joyida hal qilinib, samarali faoliyat yuritishlari uchun sharoitlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlash kerakki, ushbu tizimni yoʻlga qoʻyishdan asosiy maqsad yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini va qonunga itoatkorlik hissini oshirish, ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish maqsadida taʼlim muassalari hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik ishlarni tashkil etishdir.
Shu maqsadda tuman Prokuraturasi masʼullari mahallalarda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniqlash va barvaqt oldini olishda profilaktika inspektorlari, mahalla raisi, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq inspektori va boshqa mutassadi tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan holda jamiyatda yoshlarning rolini oshirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Amaldagi tartib boʻyicha otaliqqa oladigan huquq-tartibot va mudofaa organlari masʼullari oʻzlariga biriktirilgan sektorlardagi mahallalar kesimida 7ta toifadagi yoshlar bilan ishlashga javobgar hisoblanadilar. Amudaryo tumani Prokuraturasi masʼullari ham yoshlar bilan 6ta bosqich boʻyicha yaqindan ishlashib, samarali natijalarga erishmoqdalar. Jumladan, yoshlar roʻyxatini shakllantirish, biriktirilgan masʼul rahbarlar, profilaktika inspektorlari va yoshlar yetakchilarining yoshlar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazishlarini taʼminlash orqali aniqlangan muammolar tizimlashtirilmoqda.
Keyinchalik biriktirilgan yoshlarning muammolarini hal qilish boʻyicha “Chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, ularning muammolarini hal etish boʻyicha aniq, manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu tizim otaliqqa olingan yoshlarning vatan ravnaqi va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan ulkan kuch boʻlib maydonga chiqishlariga puxta zamin yaratmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶