NAMUNA MAHALLASINING NAMUNALI YoŞLAR YeTAKÇISI
Asli Amudaryo tumanining Namuna mahallasida tuğilib-ösgan Şamşod Qurbonboyev öquvçilik davridayoq özining namunali xulq-atvori, jamoat işlarida faolligi bilan tengdoşlarining va ustozlarining eʼtiborini qozondi.
Umumtaʼlim maktabini muvaffaqiyatli tugatgan Şamşod Nukus davlat pedagogika institutining pedagogika-psixologiya fakultetida tahsil oldi. Ilk mehnat faoliyatini 2017-yilda Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 78-sonli umumtaʼlim maktabida yoşlar yetakçisi sifatida işlaşdan boşlagan Şamşod Qurbonboyev nafaqat özi işlayotgan pedagogika jamoasida, balki tuman miqyosida taşabbuskor va izlanuvçan, yoşlar hayotiga oid muammolarni hal etişda öziga xos tajribaga ega mutaxassis sifatida tanildi.
Maktabda öquvçilarning öqişdan böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, davomatini yaxşilaş borasida amalga oşirgan saʼy-harakatlari bois, qisqa fursat içida öz yönalişi böyiça tuman maktablarida faoliyat olib boruvçi yoşlar yetakçilari orasida eng faol va taşabbuskor mutaxassisga aylandi. Qatorasiga 3-yil – 2018-2020-yillar davomida umumtaʼlim maktablari yoşlar yetakçilari örtasida ötkazilgan “Eng namunali yoşlar yetakçisi” körik-tanlovida tumanda faxrli 1-örinni egalladi.
Bilimdon va izlanuvçan, yoş mutaxassislarning bilimi, tajribasi u qayerda, qaysi sohada işlaşidan qatʼiy nazar, nafaqat özi işlaydigan jamoa, balki xalq uçun ham manfaatlidir. 2022-yilning yanvar oyidan Namuna MFY yoşlar yetakçisi sifatida öz faoliyatini davom ettirgan Şamşod Qurbonboyevning iş kölami yanada kengaydi.
U avvalo mahalla yoşlarining hayoti, kasb-kori, turmuş tarzi va qiziqişlari bilan yaqindan tanişdi. 527 ta xonadon tarkibidagi 719ta oilaga birma-bir kirib, 30 yoşgaça bölgan 1772 nafar yoşlarning röyxatini şakllantirdi. 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan 862 nafar yoşlar va ösmirlar bilan alohida suhbatlar taşkil etib, ularning qiziqişlari hamda intilişlarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan çora-tadbirlar rejasini işlab çiqdi.
Natijada 2021-yilda 168 nafar, 2022-yilda 57 nafar, 2023-yilda 90 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj yoşlar “Yoşlar daftari” röyxatiga kiritilib, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari körildi. “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli mazkur daftar röyxatiga kiritilgan yoşlar yil sayin kamayib, 2024-yilda bu raqam 7 nafarni taşkil etdi.
Şamşod Qurbonboyev uçun namunaliklar şunçaki mahalladoşlar emas, balki taqdirlari bir-biriga tutaşgan qon-qarindoşlar kabi aziz insonlardir. Şu bois, u har bir iş kunini ana şu aziz insonlar, asosan yoşlar davrasida ötkazadi. Mahalla hududidagi taʼlim-tarbiya muassasalarida bölib, öquvçi-yoşlarning sababsiz dars qoldirişlarining oldini olişga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar ötkazadi. Pedagogika jamoalari bilan hamkorlikda kitobxonlik keçalari, ”Beş taşabbus olimpiadasi” doirasida sinflararo, maktablararo va mahallalararo sport musobaqalarini taşkillaştirib, bu tadbirlar orqali yoşlarning darsdan böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaydi.
Mahalla yoşlar yetakçisining iş vaqti çegaralanmagan. Çunki kundalik iş faoliyatidan söng uyida, oilasi bağrida biroz hordiq çiqargan Şamşod Qurbonboyev deyarli har kuni keçqurun mahalla köçalarini birrov aylanib, hududdagi xususiy savdo-sotiq şoxobçalari atrofini közdan keçirişga odatlangan.
– Ota-onalari yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar nazoratisiz bunday tadbirkorlik şoxobçalari atrofida ösmir bolalarning öralaşib yurişi ularning tarbiyasiga salbiy taʼsir qilmay qolmaydi. – deydi Şamşod. – Şuning uçun biz kattalar doimo ogoh bölişimiz kerak.
Hududdagi uyuşmagan yoşlar, xorij davlatlarida işlab qaytgan yoşlar bilan işlaşiş Şamşod Qurbonboyev uçun doimiy dolzarb masala. Ayniqsa, xorij davlatlaridan qaytgan yoşlarni tibbiy körikdan ötkaziş, işsiz yoşlarni öz qobiliyatlariga muvofiq kasb-korga öqitiş, özini-özi band qiliş tamoyili asosida ijtimoiy foydali mehnatga jalb etiş borasida amalga oşirilgan çora-tadbirlar natijasida mahalla yoşlarining bandligi taʼminlanayotganidan namunaliklar mamnun.
Ayni kunlarda esa mahallada işsiz, bekorçi odamning özi yöq. Vaqtinça işsiz yoşlardan tuzilgan köngilli haşarçilar brigadasi tarkibida hududdagi fermer xöjaliklari dalalarida paxta yiğim-terimida dehqonlarga qöl-qanot bölayotgan yoşlar har kuni tergan paxtasi uçun kamida 60-70 ming söm, hatto undan ham köproq iş haqi olişayotganidan mamnun.
Şamşod Qurbonboyev esa mahalla yoşlarining hayotiga özgarişlar olib kiriş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, doimiy daromad manbaiga ega, farovon turmuş keçirişlarini taʼminlaş yölida hamişa safarbar. Zero, mahalla yoşlaring hayotdan rozi yaşaşlari, turmuşlari farovon bölişi uçun fidoyi mehnat qiliş, nainki uning kasbiy masʼuliyati, balki insoniy burçi hamdir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶