15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 00:46
Jamiyat 👁 374

Amudaryo tumanida mustaqillik bayrami oldidan 50 taga yaqin tadbirkorlik obʼektlari ishga tushirildi

Amudaryo tumanida mustaqillik bayrami oldidan 50 taga yaqin tadbirkorlik obʼektlari ishga tushirildi

Yurtimizda bayram va muhim sanalar munosabati bilan hududlarni tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, yangi binolarni ham aynan shunday quvonchli kunlarda foydalanishga topshirishdek ezgu anʼana bor. Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami oldidan “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida tashkil qilingan umumxalq xayriya hashari ham Amudaryo tumanida ana shunday xayrli saʼy-harakatlar bilan boshlandi. 25-avgust kuni erta tongdan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari hamda tashkilotlar rahbarlari ovul va mahallalarni ikkita mini avtobusda aylangan holda hashar doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar va hududlarda yangi tadbirkorlik obʼektlarining ochilish marosimlarida ishtirok etdilar.

Tumanning Beshtom mahallasiga tashrif chogʻida zamonaviy sharoitlarga ega “Amu Plaza” mehmonxonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirkor Sardor Abdiriymov 2,1 mlrd soʻm oʻz mablagʻ hisobidan yangi zamonaviy shart-sharoitlarga ega boʻlgan ikki qavatli xizmat koʻrsatish markazini barpo etish orqali 5 nafar yangi ish oʻrni tashkil etib, aholi bandligini taʼminlashga hissa qoʻshdi. Ikki qavatli bino ichida mehmonxona, oziq-ovqat doʻkoni hamda xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud boʻlib, mijozlar uchun eng zamonaviy sharoitlar va sifatli xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Rahbarlar tadbirkor faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, duoga qoʻl ochdilar.

Shundan soʻng tuman hokimi Sobir Xoʻjemetov boshchiligidagi tuman rahbarlari Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalarda, ovul va mahallalarda aholi tomonidan amalga oshirilgan umumxalq xayriya hashari doirasidagi ishlar bilan tanishdilar. Jarayon mobaynida “Mahallalar yettiligi” masʼullari, yaʼni xotin-qizlar faollari, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi tomonidan murojaatlari oʻrganilib, koʻmak berilgan hamda bandligi taʼminlanishiga erishilgan koʻplab tadbirkorlik obʼektlarining ochilish marosimlari tashkil etildi. Rahbarlar kichik doʻkonlar, sartaroshxona va xizmat koʻrsatish, ovqatlanish shoxobchalaridan tortib, koʻplab ish oʻrinlari yaratilishiga erishilgan toʻyxonalar, bolalar oʻyingohi saroyi, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ochilish marosimlarida ishtirok etdilar.

Hududlarni mini avtobuslarda aylanish mobaynida rahbarlar “Mahalla obod-yurt obod” shiori ostida oʻtayotgan hasharda ishtirok etib, tumanimiz obodligiga hissa qoʻshayotgan hamyurtlarimizning ishlariga rivoj tiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgust kungi farmoyishi asosida davlatimiz mustaqilligining 33 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik koʻrish, “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 24-25-avgust kunlari tashkil qilingan umumxalq xayriya hashari doirasida mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, koʻcha va yoʻlaklari hamda bolalar maydonchalari tartibga keltirildi, daraxtlarni oqlash va butalash ishlari tashkil etildi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarning holidan xabar olindi, ularning hovli-joylari atroflarini obodonlashtirish ishalari tashkil etildi.

Qolaversa, aholi oʻrtasida obodonlashtirish ishlarida faol qatnashish, sogʻlom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatga rioya qilish masalalari targʻib qilinib, joylarda davra suhbatlari tashkil qilinib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, tashkilotlar rahbarlari tuman hududini aylanish mobaynida Choykoʻl va Toʻlqin ovullaridagi tomorqa yer egalari tomonidan issiqxonalarda hamda fermer xoʻjaliklarining paxta ekin dalalarida, gʻalladan boʻshagan maydonlarda, yoshlarga ajratib berilgan yerlarda qishloq xoʻjaligi sohasi rivoji yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tuman rahbarlari jarayon mobaynida erishilgan yutuqlarni oʻrganib, tomorqa yer egalari, fermerlar faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berdilar. Jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan yuqori hosil olish, paxta xirmonini yaratishda oʻz vaqtida amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlarning ahamiyati, shuningdek, ekin dalalarini sugʻorishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish nafaqat suvni tejashga, balki yuqori hosil olishga imkon berishi xususida soʻz yuritildi.

4-sektor hududidagi Beruniy mahallasi hududida joylashgan “Istiqlol” toʻyxonasining 3-qavatida barpo etilgan bolalar oʻyingohining ochilish marosimida bolajonlarning xursandchiliklari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. “VIKTORIYA XOLDING” MChJ tomonidan 1,2 mlrd soʻmlik tadbirkor oʻz mablagʻi hisobiga bunyod etilgan hamda 3 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanishiga sabab boʻlgan zamonaviy bolalar oʻyingohi farzandlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga xizmat qiladi. Ushbu xizmat koʻrsatish obʼektining ochilish marosimida tuman hokimi va rahbarlar ishtirok etib, tadbirkor faoliyatining yanada rivojlanishiga tilakdosh boʻldilar. Shuningdek, rahbarlar jarayon mobaynida "VIKTORIYA XOLDING " MChJ tomonidan tashkil etilgan 150-oʻrinli “Aristokrat baby” nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati va unda yaratilgan shart-sharoitlari bilan ham tanishdilar.

Taʼkidlash kerakki, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida tuman rahbarlarining tadbirkorlar faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilish marosimlarida ishtirok etishi va bu orqali bildirgan eʼtiborlari tadbirkorlarimizni oʻz ustida koʻproq ishlab, faoliyatlarini yanada rivojlantirishga ruhlantiradi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019