22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 06:37
Jamiyat 👁 491

Arnaboʻyi mahallasi “yettiligi” aholi farovonligini yanada oshirish yoʻlida samarali faoliyat yuritmoqda

Arnaboʻyi mahallasi “yettiligi” aholi farovonligini yanada oshirish yoʻlida samarali faoliyat yuritmoqda

Mahalla – xalqimizning milliy tabiati, azaliy anʼanalari va qadriyatlariga asoslangan noyob tuzilma. Hudud aholisining orzu-istaklari, muammo-yu tashvishlarini biror tizim mahalla kabi teran anglamaydi, yaqindan bilmaydi. Tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mahalla instituti xalq bilan davlat oʻrtasidagi koʻprik vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilmaga aylandi. Moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70dan ortiq masalalar mahallaning oʻzida hal qilinishi bu tuzilmaning xalq orasida mavqeini ancha koʻtardi.

Bugungi kunda mahallalardagi “yettilik”ning hamkorlikdagi samarali faoliyati natijasida aholi turmush tarzi yanada yaxshilanib, hududlar farovonligi oshmoqda. Fikrimiz isbotini aholining mahallaga ilgarigidek moddiy yordam soʻrab emas, koʻproq tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida murojaat qilayotgani, xotin-qizlar va yoshlarning yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalanishga intilayotganida ham koʻrishimiz mumkin. Xususan, Amudaryo tumanining Arna boʻyi mahallasidagi aholining aksariyati asalarichilik, dehqonchilik, chorvachilik sohalari bilan faol shugʻullanib, oilasining farovonligini taʼminlab kelmoqda. Shuningdek, mahallada aholiga xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlari, avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi, umumiy ovqatlanish, avtomobillarni yuvish shoxobchalari faoliyat yuritadi. Albatta, bu jarayonlarni tashkil etish va qoʻllab-quvvatlashda mahalladagi “yettilik”ning xizmati muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini raisi Shuhrat Sultanov boshchiligida mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika, soliq inspektorlari, ijtimoiy xizmat xodimidan iborat “yettilik” ishi samarali tashkil etilib, aholi farovonligi yoʻlida beminnat xizmat qilinyapti. Mahalla hududida “Obod mahalla”, “Obod koʻcha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishga doir bir qator xayrli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarorlariga asosan Polvonqul hamda Qarshili xoʻja aholi punktlarining ichki yoʻllariga tosh toʻshash ishlari amalga oshirildi.

Arna boʻyi mahallasi hokim yordamchisi Siroj Oʻrozmatov hudud aholisining yaxshi daromad topishlari va tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun faol yordamlashib kelmoqda. Xususan, asalarichilik, dehqonchilik chorvachilik yoʻnalishlarida tadbirkorlik qilishni istagan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash orqali mavjud 7 ta tadbirkorlik subʼektini 21taga koʻpayib, 44ta yangi ish oʻrni tashil etildi.

Bundan tashqari, dehqonchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari uchun 181 nafar fuqaroga “E-auksion” platformasi orqali 47 gektar yer maydoni ijara asosida berildi. Hozirda yer egalari oʻzlari uchun ajratilgan dalalarda mehnat qilib, yaxshi daromad topishmoqda.

Maʼlumki, bugungi kunda ovul va mahallalarda ijtimoiy xizmat xodimi va davlat soliq inspektori ham faoliyat yuritadi. Mahalladagi soliq inspektori Kamolboy Boltaboyev fuqarolar va tadbirkorlarga soliq masalalarida faol xizmat koʻrsatadi. Bundan hudud aholisi mamnun. Chunki fuqarolar soliq toʻlovlarini ortiqcha navbatlarsiz mahallaning oʻzida amalga oshirmoqda.

Mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan profilaktika inspektori Davron Karimov tegishli soha vakillari bilan hamkorlikda aholi orasida tushuntirish-targʻibot uchrashuvlarini oʻtkazib, fuqarolarga amalga oshirilayotgan ishlar va mahalladagi vaziyat toʻgʻrisida maʼlumot berib bormoqda. Albatta, bu jarayonlar oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatyapti.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarda mahallalardagi xotin-qizlar faollarining xizmati katta. Bu borada mahalladagi xotin-qizlar faoli Shahrizoda Ozodova oʻzi uchun “Yoʻl xaritasi” tuzib, bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiryapti.

Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida joriy yilning 6 oyi davomida mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan hamkorlikda ishsiz, ehtiyojmand ayollardan 42 nafari doimiy va mavsumiy ishlar bilan band qilindi. Chevar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berilib, tikuvchilik sohasida faoliyatini yoʻlga qoʻyishlariga yaqindan amaliy yordamlar koʻrsatildi. Qishloq xoʻjaligi ishlarida faoliyat yuritishlari uchun 12 nafar ayolga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning isteʼdodini roʻyobga chiqarish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish ishlarida mahalladagi yoshlar yetakchisi Shahzod Nuraddinov tomonidan tashkil etilgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Arna boʻyi mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 5ta koʻrik-tanlov, 14ta sport musobaqasi oʻtkazilib, mazkur jarayonga jami 815 nafar yoshlar qamrab olindi. Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida mahallada kutubxona tashkil qilingan edi. Ushbu kutubxona yaqinda 30ta yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Kitobxonlar, ayniqsa, oʻquvchilar yozgi taʼtilda mahalla kutubxonasidan samarali foydalanishyapti.

Mahalla aholisi yetti xazinaning biri – asalarichilik bilan faol shugʻullanadi. Maqsud aka Abdurahmonov soha sirini chuqur egallagan faol tadbirkorlardan. U 10-yildan buyon aholi dasturxonini sifatli asal bilan taʼminlab, yaxshi daromad olmoqda. Hokim yordamchisi Siroj Oʻrozmatovning amaliy yordamlari va tavsiyalari bilan bugungi kunda faoliyatini ancha kengaytirgan. Maqsud aka Abdurahmonov oila aʼzolari bilan birgalikda joriy yil bankdan 3-yil muddatga 30 mln soʻm kredit olib, asalari oilalari sonini 60 qutidan oshirdi.

Asal oʻzining taʼmi, hidi, rangi jihatidan, shuningdek, qaysi faslda qanday oʻsimlik gulidan yigʻilganligi va joyiga qarab ham farqlanadi. Bizning sharoitimizda koʻpincha beda, yantoq, kungaboqar, gʻoʻza va boshqa oʻsimliklardan asal olinadi. Hozirgi kunda asalarichilar gʻoʻza gullaridan asal olishyapti. Asalda odam uchun foydali moddalarning 70dan ortiq turi bor. Bu haqda Maqsud akaning oʻzi xaridorlarga batafsil maʼlumotlar berishdan charchamaydi.

Arna boʻyi mahallasining tadbirkor aholisi issiqxonalar barpo etib, yerdan moʻl hosil olishning hadisini yaxshi bilishadi. Xususan, Jamoliddin Raimboyev bankdan 5-yil muddatga 280 mln soʻm kredit olib, 30 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etdi. Mazkur issiqxona tomchilatib sugʻorishga moslab qurilgan boʻlib, “Mango” navli bodring koʻchatlari ekilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bu navdagi koʻchatlar ekilganidan keyin yaxshi parvarish qilinsa, 1 oy muddatda hosilga kiradi. Tadbirkor keyingi yili “E-auksion” orqali yana 30 sotix yer olib, issiqxona tashkil etishni maqsad qilgan.

Arna boʻyi mahallasiga qilingan ijodiy safarimiz davomida Ergash Yakubov faoliyati bilan ham yaqindan tanishdik. U yaqin yillarga qadar Rossiya Federatsiyasida mehnat muhojiri sifatida ishlab kelardi. 2023-yilda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi” doirasida oila aʼzolari bilan birgalikda bankdan 33 mln soʻm kredit olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Qadrdon vatanida, oilasi bagʻrida yaxshi daromad topa boshlagan Ergash aka Yakubov joriy yilning aprel oyida bankdan 7-yil muddatga 100 mln soʻm kredit olib, non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qildi va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini ancha kengaytirdi. Bugungi kunda tadbirkor aholi dasturxoniga har xil pishiriqlar, patir, qolipli non kabi non mahsulotlar yetkazib bermoqda.

Maʼlumki, mamlakatimizda tikuvchilik sohasi bilan shugʻullanuvchi chevar xotin-qizlar safi yildan-yilga koʻpayib bormoqda. Chunki bu sohaga hamisha talab yuqori boʻlgan. Shu sababli ovul va mahallalarda chevar xotin-qizlar uchun keng sharoit yaratishga harakat qilinmoqda. Masʼullar tomonidan yoshlarning kasb-hunar markazlarida oʻqishlariga yaqindan yordam koʻrsatilyapti. Mahallaning Tiklanish koʻchasida istiqomat qiluvchi Umida Xudoyberganova joriy yilda subsidiya asosida tikuvchilik mashinasi xarid qilib, oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan edi. U bugungi kunda xotin-qizlar uchun kiyimlar va har xil maishiy mahsulotlar tikish bilan shugʻullanadi. Umida Xudoyberganova kelgusida faoliyatini kengaytirib, tikuvchilik tsexi tashkil qilish orqali tengdoshlarini ish bilan band etishni maqsad qilgan.

Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinidagi “yettilik” faoliyatini oʻrganish davomida yosh tadbirkor Nodirbek Abdukarimovning ham ish faoliyati bilan yaqindan tanishdik. U 2023-yilda bankdan 3-yil muddatga 33 mln soʻm kredit olib, havo kompressori, yengil avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatishda zarur boʻladigan asbob-uskunalar xarid qildi va ish faoliyatini boshladi. Uning ustaxonasi katta yoʻlga yaqin joylashgan va mijozlar bilan gavjum. Yosh tadbirkor-usta shinalarni yamash, shinalarga havo toʻldirish va gʻildiraklarni balanslash ishlari bilan shugʻullanadi. Oʻzining aytishiga koʻra, oylik daromadi ham yaxshi va kasbidan mamnun. Nodirbek Abdukarimov kelgusida bankdan kredit olib, ustaxonasi yonida oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi avtomashinalarni yuvish shoxobchasi va motor moylarini almashtirish shoxobchasini ochishni maqsad qilgan.

Mamlakatimizda tadbirkorlikning barqaror rivoji aholi daromadlarini yanada oshirib, koʻplab yangi ish oʻrinlari tashkil etilishiga zamin yaratayapti. Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻinidagi “yettilik”ning samarali faoliyati natijasida hududda farovonlik yanada oshayapti. Bu mahallada islohotlar hisobot uchun emas, oilalarning iqtisodiy rivojlanishi yoʻlida amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026