Tuman aholisining toza içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi
Suv sayyoramiz tabiiy boyliklari orasida alohida örin egallaydi. Çunki, suv jonli va jonsiz tabiatni birlaştirib turuvçi muhim böğimdir. Yer yuzining qariyb 3/4 qismini suv taşkil qiladi. Ammo hayotimiz uçun zarur bölgan çuçuk suv köp emas – u tabiiy suvlar umumiy hajmining faqat 2,5 foizini taşkil etadi. Inson tanasining 70 foizi suvdan iboratligini hisobga olsak, insoniyat uçun çuçuk suvning naqadar muhim ekanligini yanada teran anglaymiz.
Bugungi kunda xonadonlarga içimlik suvini sanitariya-gigiyenik talablariga javob beradigan va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan holda yetkaziş dolzarb masalalardan hisoblanadi. Şu sababli suv zararli moddalardan tozalanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-aprel kungi PQ-4271-sonli qarori bilan Amudaryo tumanidagi aholini toza içimlik suvi bilan qamrab oliş darajasini yanada oşiriş maqsadida Osiyo taraqqiyot banki kredit mablağlari hisobidan jami 41,98 mln. dollarlik 2ta yirik loyihani amalga oşiriş rejalaştirilgan. Mazkur loyiha doirasida sutkasiza 40 ming m3 suv yetkazib beriş quvvatiga ega “Manğit” suv tozalaş inşootini yangidan quriş hamda 68,5 km magistral va 289,2 km içki suv tarmoqlarini tortiş belgilangan.
Bugungi kunda 68,5 km magistral va 289,2 km içki suv tarmoqlarini tortiş böyiça “ArchICO” CE pudratçi taşkiloti bilan 29 mln dollorlik şartnoma imzolangan. “Obi hayot injiniring” MÇJ va “Uy-jay Qurilis” MÇJ pudratçi taşkilotlari bilan esa “Manğit” suv tozolaş inşootini yangidan quriş böyiça 12,98 mln dollarlik şartnoma tuzilgan va quriliş işlari boşlab yuborilgan.
Uşbu işlar natijasida tumandagi köplab ovul-mahallalarga suv tarmoği ötkazilib, toza içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi.
“Obi hayot injiniring” MÇJ boş muhandisi Rasul Abdullayevga köra, quriliş işlari belgilangan grafik böyiça olib borilmoqda. Hozirgi kunda filtrlaş, 30 ming tonnalik suvni xlorlaş va uzatiş hamda laboratoriya xonalarini quriş işlari jadal surʼatlarda davom ettirilmoqda.
Saʼdulla Sodiqov, Özbekiston Ekologik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶