1-iyul holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 213 ming 646 kishini tashkil qildi
2024-yil 1-iyul holatiga Amudaryo tumanining doimiy aholisi 213 ming 646 kishini tashkil qildi. Shundan 108 ming 378 nafari erkaklar, 105 ming 268 nafari ayollardir.
Aholi sonining 25,7 foizi, yaʼni 54 ming 914 kishi shaharda, 74,3 foizi, yaʼni 158 ming 732 kishi qishloq joylarida yashaydi.
Joriy yil boshidan 1-iyulgacha boʻlgan vaqt oraligʻida tuman boʻyicha tugʻilganlar soni 2 ming 114 nafarni, vafot etganlar soni 437 nafarni tashkil qildi.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida 664 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, ajrashganlar soni 76 ta.
Yanvar-iyun oylarida koʻchib kelganlar soni 305 nafar, koʻchib ketganlar soni 432 nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan Amudaryo tumanining aholisi 1 ming 677 nafarga koʻpaydi.
Amudaryo tumani Statistika boʻlimi boshligʻi H.Haytimbetov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶