Amudaryo tumani hokimligining tuman aholisiga murojaati
Aziz yurtdoşlar!
Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari şu yil mart oyida Sirdaryo viloyatiga taşrifi davomida aholi daromadlarini oşiriş böyiça yangi tajriba – davlat uy xöjaliklariga öz imkoniyatlarini töliq işga solişga kömaklaşişi tamoyilini ilgari surdilar.
Endilikda Amudaryo tumanini ham işsizlikdan holi hududga aylantiriş, aholi daromadlarini oşiriş va tomorqadan unumli foydalaniş maqsadida Sayxunobod tajribasi asosida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Aholiga hududdagi yetakçi tadbirkorlarni jalb qilgan holda layoqatiga mos ravişda çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik, quyonçilik, baliqçilik, çuvalçang yetiştiriş va boşqa tarmoqlar bilan birga tomorqa xöjaligini rivojlantiriş, şuningdek, issiqxona faoliyatini yölga qöyiş va buning natijasida har bir oilaga bir yilda jami 50-60 million sömdan, oila aʼzolarining jon boşiga har oyda 1 mln sömdan ortiq daromad topişiga kömaklaşiş çora-tadbirlari körilmoqda.
Mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari masʼullari joylardagi hokim yordamçilari bilan birgalikda har bir xonadonda daromad manbaini yaratiş, tomorqa madaniyatini şakllantiriş, sabzavot-poliz mahsulotlari yetiştiriş, köçat ötqaziş, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, qolaversa, savdo va xizmat körsatiş sohalarida yangi iş örinlari yaratiş, böş turgan binolardan samarali foydalaniş borasida aholiga kömakçi hisoblanadi.
Siz ham berilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holda tomorqangizni daromad manbaiga aylantiring! Qöşimça tarmoqlarni yölga qöyib, oilangiz byudjetini yanada oşiring! Bu borada qöşimça yordam zarur bölsa hududingizdagi hokim yordamiçilariga murojaat qiling!
Xalq boy bölsa, mamlakat boy, qudratli böladi. Oilangizning iqtisodiy farovonligini taʼminlaş orqali mamlakat taraqqiyotiga hissa qöşing!
Amudaryo tumani hokimligi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶